Xalqaro siyosiy jarayonlarda, katta kuç markazlarining öz siyosiy istaklarini amalga oşirişda Soft power, Smart power yoki Hard power deb ataluvçi siyosiy uslublarga duç kelamiz. Soft power uslubi aynan Xitoy taşqi siyosatiga xos. Albatta Xitoyning "yumşoq kuçi" natijasi bugungi kunda dunyo böylab öz aks sadosini beryapti. Bu rasmiy Pekin va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida ham yaqqol seziladi. «Geosiyosat»ning bugungi soni Xitoy va Markaziy Osiyo munosabatlari haqida böladi.
Mavzuni Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Abbos Boboxonov va Bilim karvoni aql markazi tahlilçisi Nargiza Umarovalar bilan birgalikda tahlil qilamiz.
— Sönggi yillarda Xitoyning «yumşoq kuçi»ga doir bir qator yirik tadqiqotlar olib borildi. Dunyo ekspert va ilmiy doiralarida bu mavzu faol muhokama qilinmoqda. Xitoyça «yumşoq kuç»ning öziga xos jihatlari nimada?
Abbos Boboxonov: — «Yumşoq kuç» konsepsiyasi ötgan asrning 90-yillarida Jozef Nay tomonidan ilgari surilgan. Obama davrida bu narsa konsepsiya sifatida şakllandi. Xitoyda ham «Yumşoq kuç» rivojlanişi 21-asr boşiga töğri keladi. Markaziy Osiyoda bu konsepsiya haqidagi tuşunçalar 3-4 yil oldin paydo bölgan. Özbekiston şaroitida buni örganişga bölgan ehtiyoj juda katta. Tadqiqotlar olib borilişi kerak. «Yumşoq kuç» konsepsiyasi amaliyotda qöllanyapti va natijasini beryapti, şuning uçun uni örganiş, tadqiq etiş kerak böladi.
Nargiza Umarova: — «Yumşoq kuç» qudratli davlatlar, ya’ni muayyan siyosiy ambitsiyaga, resurslarga ega davlatlar tomonidan işlatiladigan diplomatiyaning bir körinişi yoki umuman körinmaydigan körinişi deyiş ham mumkin. Bunday konsepsiya uzoq muddatga möljallangan böladi. Öziga xos strategiyalari işlab çiqariladi.
Xitoy qudrati oşgan sayin boşqa qudratli davlatlar singari «Yumşoq kuç» konsepsiyasidan foydalanadi. Jozef Nay nazariyasiga köra, bu narsa ommaviy diplomatiya deyiladi. Bunda nodavlat taşkilotlar, fuqarolik institutlari köproq jalb etiladi. Populyar şaxslar ham şuğullanişi mumkin. Xitoyning «Yumşoq kuç»i ham öziga xos körinişga ega. Xitoy «Yumşoq kuç» sifatida ijtimoiy-humanitar aloqalardan taşqari iqtisodiy, texnologik diplomatiyani ham qöllaydi, investitsiyalarni ham. Xitoy idealogiyasi ham «Yumşoq kuç» vositasi hisoblanadi.
Markaziy Osiyoga «Yumşoq kuç» kirişi oldinroq boşlangan, çunki Xitoy Markaziy Osiyoda investitsiyalar orqali moliyaviy diplomatiyani amalga oşirib kelmoqda ançadan beri. Bugungi kunda esa boşqaça körinişlari ham kirib kelmoqda. Deylik, texnologik, harbiy tomondan bunday kuçlar ortib borayotganini ekspertlar ta’kidlamoqda.






