Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab direktorlari va o‘rinbosarlarining oyligi oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limidagi masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.
Maktab ta’limida boshqaruv tizimi o‘zgaradi. Joriy yilda direktorlikka nomzodlarni o‘qitish va bilimini baholashni amalga oshiruvchi “Direktorlar maktabi” tashkil qilindi. Maktabda ta’lim jarayonlari Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa nufuzli xorijiy hamkorlar tajribasi asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Endi, direktorlikka nomzodlar faqat sertifikati bor va zaxiraga kiritilgan kadrlar orasidan tanlanadi va muddatli kontrakt asosida ishga olinadi. Direktorlar va o‘rinbosarlari har besh yilda bir marta sertifikatsiyadan o‘tadi. Sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinadi.
Kelgusi yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligi 50 foizga, o‘rinbosarlar ish haqi esa 30 foizga oshiriladi. Bunda, kelgusi yil budjetida 500 milliard so‘m nazarda tutiladi.
Pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlar alohida yondashuv asosida rivojlantiriladi. Buning uchun, Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. Vazirlikda pedagogik ta’lim bo‘yicha alohida Kengash tuzilib, unga pedagogika oliygohlari rektorlari kiritiladi.
Toshkent va Chirchiqdagi Pedagogika universitetlarida o‘qituvchilar Prezident maktabi dasturi asosida tayyorlanadi. Bu oliygohlar pedagogika yo‘nalishidagi institutlar uchun “tayanch oliygoh” bo‘ladi.
Kelgusi o‘quv yilidan kadrlar yetishmaydigan, og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Ya’ni, kelasi yillardagi talabni hozirdan aniqlab, zarur mutaxassisliklar bo‘yicha muallimlarni oldindan tizimli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Maqsadli buyurtma asosida o‘qituvchilarni tayyorlash to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026