Jahon | 09:59 / 28.08.2023
10203
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Moliya vazirligi yillik inflatsiya bo‘yicha o‘z prognozini e’lon qildi

Moliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, bu yil Rossiya iqtisodiyoti o‘tgan yilgi yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlarining pasayishiga nisbatan ijobiy natijalarni ko‘rsatadi.

Foto: Vadim Axmetov / URA.RU

Rossiya Moliya vazirligi yil oxirigacha mamlakatda inflatsiya 6 foiz darajasida bo‘lishini kutmoqda, deya ma’lum qildi moliya vaziri Anton Siluanov 26 avgust kuni CGTN telekanaliga bergan intervyusida.

«Bizda inflatsiya o‘sgan bo‘lsa-da, uning taxminan 6 foiz darajasida qolishini kutmoqdamiz. Keyingi yillarda bizning maqsadimiz - 4 foiz va Markaziy bank bilan bu maqsadga erishish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz», - dedi Siluanov. 

Siluanov: 2023 yilda iqtisodiyot pasayishdan keyin ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatadi

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu yil Rossiya iqtisodiyoti 2022 yildan keyin yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlarining «tushishini qaytarib olishi» kerak. «Agar o‘tgan yili iqtisodiyot 2,1 foizga qisqargan bo‘lsa, bu yil u 2,5 foizga tiklanadi, balki undan ham yuqoriroq bo‘lar. Demak, o‘tgan davrdagi pasayishni qaytarib olamiz deb aytishimiz mumkin», - dedi Siluanov Rossiya iqtisodiyotining Ukrainadagi harbiy harakatlarga reaksiyasini nazarda tutgan holda. 

Rossiya Markaziy banki prognoziga ko‘ra, 2023 yilda yillik inflatsiya 5 foizdan 6,5 foizgacha darajada bo‘ladi va kelgusi yilda 4 foizga tushadi. Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi aprel oyida yil davomida inflatsiyani 5,3 foiz darajasida taxmin qilgan edi. Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov avgust oyi boshida Rossiya yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 2023 yilda 2 foizdan oshishini taxmin qilgan. Markaziy bank prognoziga ko‘ra, joriy yilda YaIM o‘sishi 1,5-2,5 foiz oralig‘ida bo‘ladi. 

Mavzuga oid