Suriya: Isroil Halab aeroportiga raketa hujumi uyushtirdi
Aeroportga berilgan zarba natijasida uchish-qo‘nish yo‘lagi ishdan chiqqan, deya xabar qildi Suriyadagi matbuot. Isroil hodisaga izoh bermadi.
28 avgust, dushanbaga o‘tar kechasi Isroil Suriyadagi Halab xalqaro aeroportiga raketa hujumi uyushtirdi, natijada uchish-qo‘nish yo‘lagi ishdan chiqdi, deb xabar bermoqda Suriya OAV. Bu ma’lumotni Reuters agentligiga Damashqdagi Mudofaa vazirligidan bo‘lgan manba tasdiqladi.
SANA davlat axborot agentligining harbiy manbaga tayanib xabar berishicha, Isroil samolyotlari ertalab soat 4:30 lar atrofida O‘rta Yer dengizidan aeroportga hujum qilgan. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Halab xalqaro aeroporti joriy yilda bir necha marta, jumladan, mart oyida ikki marta zarbaga uchradi. O‘shanda ham ishdan chiqqandi. Isroil Halab aeroportiga yangi zarba berilgani haqidagi xabarlarga izoh taqdim etmadi.
Isroil harbiy-havo kuchlari so‘nggi yillarda Suriya rasmiylari nazorati ostidagi hududlardagi nishonlarga, jumladan Damashq va Halab aeroportlariga yuzlab havo hujumlarini amalga oshirdi. Shu bilan birga, Isroil deyarli hech qachon bunday harbiy amaliyotlar faktlarini tan olmaydi va muhokama qilmaydi.
«Hizbulloh» tuzilmalariga hujumlar
Ko‘pincha Suriya harbiy obektlariga yoki Eronga yaqin sanaluvchi «Hizbulloh» tuzilmalariga zarbalar beriladi. Minglab «Hizbulloh» jangchilari kuchlar muvozanatini Suriya prezidenti Bashar Asad armiyasi foydasiga o‘zgartirish uchun Suriyada 12 yildan beri davom etayotgan fuqarolar urushiga kirishdi.
Mavzuga oid
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
19:01 / 19.11.2024
Qatar Tashqi ishlar vazirligi HAMAS yetakchilari Dohada emasligini ma’lum qildi
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024