Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp qamoqxonadagi surati tushirilgan suvenirlardan millionlab dollar ishlab oldi
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp tarafdorlari siyosatchining qamoqxonadagi surati tushirilgan futbolkani sovg‘a sifatida olish uchun uning saylovoldi kampaniyasiga 7 mln dollardan ortiq mablag‘ xayriya qildi.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Jorjiya shtatidagi Fulton okrugi qamoqxonasida 2020 yilgi prezidentlik saylovlari jarayonini o‘zgartirishga urinish bo‘yicha ish doirasida politsiya kartotekasi uchun olingan suratidan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. 27 avgust, yakshanba kuni Germaniyaning ARD jamoat telekanalining Tagesschau axborot dasturi saytida xabar qilinishicha, 24 avgust oqshomidan boshlab respublikachining yangi prezidentlik kampaniyasi uchun xayriya yig‘uvchi jamg‘arma Oq uy sobiq rahbarining ushbu surati tushirilgan reklama futbolkalari, stikerlar, ko‘zoynaklar va boshqa suvenirlardan 7,1 mln dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.
Jamg‘arma veb-saytida Trampning saylovoldi kampaniyasiga (bu - uni Qo‘shma Shtatlarning 47-prezidentiga aylantirishi mumkin) kamida 47 dollar xayriya qilishga tayyor bo‘lgan har bir kishi sobiq davlat rahbarining qamoqxonadagi surati (magshot) tushirilgan futbolkani sovg‘a sifatida oldi.
Respublikachilarning Trampni qo‘llab-quvvatlashi
Tramp matbuot kotibi Stiven Chunning so‘zlariga ko‘ra, faqat 25 avgust kuni ushbu buyumlarni sotish orqali rekord darajadagi 4,18 mln dollar xayriya mablag‘i yig‘ilgan. Trampning qamoqxonadagi surati ostidagi yozuv uning joriy saylov kampaniyasi shioriga aylandi: «Hech qachon taslim bo‘lma!» Surat, shuningdek, Tramp tomonidan moliyalashtiriladigan Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida «Saylovga aralashuv» yorlig‘i bilan joylashtirildi.
Yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Respublikachilar tarafdorlarining qariyb 62 foizi Donald Trampni o‘z partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Bundan tashqari, avgust oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan teledebat chog‘ida AQShdagi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan sakkiz nafar nomzoddan olti nafari, agar aybdor deb topilsa, qaysi biri Trampni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi savolga ijobiy javob qaytardi.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
14:43 / 07.07.2026
Tramp Infantinodan Balogunga jazoni bekor qilishni so‘raganini tan oldi
09:14 / 07.07.2026