Norvegiya – Angliya 2:2
Gollar: Şelderup, 36 (1:0). Bellinhem, 45+2 (1:1). Bellinhem, 93 (1:2)
Norvegiya: Nyulan, Ayyer, Heggem (Estigor, 91), Volfe (Pedersen, 90), Ryuerson (Eursnes, 60), Berge, Berg, Edegor, Şelderup (Bobb, 68), Syorlot (Nusa, 68), Holand (Strann Larsen, 106)
Angliya: Pikford, Stouns, Geyi, ÖRayli (Spens, 86), Konsa (Rojyers, 89), Rays (Eze, 46), Anderson, Bellinhem (Byorn, 111), Gordon (Jyeyms, 71), Madueke (Saka, 46), Keyn
Ogohlantiriş: Ayyer, 117
Angliya va Norvegiya – bir biriga yaqin bölgan mamlakatlar hisoblanadi. Geografik va madaniy tomondan ham, futbol borasida ham. Bunday boğliqlikni köriş uçun skandinavlar jamoasi tarkibiga qaraş yetarli, Angliyaga qarşi öyinda boşlanğiç tarkibda tuşgan 11 futbolçidan olti nafari, jumladan, jamoaning asosiy yulduzlari – Erling Holand va Martin Edegor APLda töp suradi.
Uşbu ikkisini futbol olamidagilar ançadan buyon yaxşi taniydi, norveglar jamoasining bu turnirdagi öyinlari esa köpçilik uçun yangilik böldi. Stole Solbakken şogirdlari 1/8 finalda Braziliyani haqli ravişda mağlub etdi va gap öşa öyinda Holand dubl qayd etganida ham emas – norveglar raqibdan yaxşiroq öynadi va öz vaziyatlaridan foydalandi.
Angliya esa turnir davomida barça öyinlarda ham öz darajasida öynay olmadi. Pley-offda Kongo DR va Meksikaga qarşi keçgan öyinlarda «Uç şerlar» köp holatlarda konsentratsiyani yöqotdi va turnirni tark etiş xavfi ostida qoldi. Faqat futbolçilarning individual mahorati evaziga britanlar nisbatan osonroq raqiblarni taslim eta oldi. Norvegiya esa xatolardan foydalanadigan va özi kam xato qiladigan, boşqa darajadagi raqib edi.
Öyinning birinçi bölimining katta qismida ikki jamoa ham ehtiyotkorlik bilan öynaşga qaror qildi. Norveglar töpni inglizlarga topşirişdi va 4-5-1 sxemasida joylaşib, töp uzatiş mumkin bölgan barça yölaklarni yopişdi. Angliya esa töpga va hududlarga egalik qildi, lekin Nyuland qöriqlayotgan darvoza tomon yaqinlaşa olmadi – inglizlar töpni u qanotdan bu qanotga oşirib, Madueke va Gordonning driblinglariga hamda olisdan yöllanadigan zarbalarga tayandi. Ammo bu iş bermadi.
Şu tufayli 35-daqiqagaça muxlislar zerikib qolişdi: ikki jamoa atigi bitta zarba berdi va yaqqol golli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Jamoadoşlari Holand va Keynga töpni yetkazib bera olişmadi.
Ammo bu kabi öyinlarda köp kuzatilganidek, bitta epizod barçasini özgartirib yubordi. 36-daqiqada Harri Keyn himoyadan çiqişda töpni oldirdi, töpga ega çiqqan Edegor oldinga yurdi va çap qanotda özini taklif etgan Şelderupni pas bilan ta’minladi, yoş vinger esa jarima maydoniga kirib borib, kuçli zarba yöllab, turnirning eng çiroyli gollaridan biriga mualliflik qildi.













