JÇ kundaligi. Holand Neymarni yiğlatdi, Angliya jang qildi
|15:47 / 06.07.202613 79511 min
Karlo Ançelotti şogirdlari yaqqol vaziyatlardan, jumladan, penaltidan ham foydalana olişmadi va öyin oxirida Holand ularni jazoladi; Mexikoda keçgan trillerda esa inglizlar ikkinçi bölimda bir kişi kam bölib qolişdi, ammo ğalabaga erişişdi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
6 iyulga ötar keçasi va tongda jahon çempionatining 1/8 final bosqiçida yana ikki uçraşuv bölib ötdi. Braziliya turnirning kaşfiyot jamoasiga aylangan Norvegiyaga yutqazdi (1:2) va turnirni tark etdi, Angliya esa turnir mezbonlaridan biri Meksikaga qarşi öta oğir öyin ötkazdi va qiyinçilik bilan ğalaba qozondi (3:2). Endi uşbu ğolib jamoalar keyingi bosqiçda yarimfinal yöllanmasi uçun özaro öyin ötkazadi.
Braziliya Norvegiyaga qarşi beşinçi öyinida ham ğalaba qozona olmadi. Karlo Ançelottining sehri iş bermadi. Holand öz dubli bilan Braziliyani uyiga qaytarib yubordi.
Braziliya pley-offning oldingi bosqiçida Yaponiya bilan öyinda kambek amalga oşirgan va köpçilik yana Karlo Ançelottining magiyasi haqida gapira boşlagandi. Aynan murabbiyning futbolçi almaştirişlari va taktik yeçimlari ikkinçi bölimda vaziyatni özgartirgandi.
Navbatdagi öyinda u Yaponiyaga qarşi öyindagi ğalaba goli muallifi Gabriyel Martinellini ilk bor boşlanğiç tarkibga kiritdi. Ammo u özining doimiy ampluasi hisoblangan çap qanot hujumida emas, hujumçi ortida tuşdi.
Norvegiya boş murabbiyi Stole Solbakken esa muvaffaqiyatli tarkibni almaştirmadi va uning şogirdlari öyinni hujumkor boşladi. Öyin startidayoq Edegor boşlagan hujumni Berg aniq zarba bilan yakunladi, ammo bu hujum davomida Syorlot ofsaydga tuşib qolgani pand berdi.
Keyin esa norvegiyaliklar hujumda töp yöqotişi braziliyaliklarning tezkor qarşi hujumiga sabab böldi, bu hujumda Kunya penalti işladi. Ammo nuqtaga yaqinlaşgan Bruno Gimaraes darvozabonni alday olmadi.
Mavzuga oid
Skandinavlar töpga egalik qilişda davom etdi, janubiy amerikaliklar esa omadini qarşi hujumlardan izladi va bir neça yaxşi vaziyatlarga ega böldi, ammo Nyuland işonçli öynaşda davom etdi va birinçi bölimning eng yaxşi futbolçisiga aylandi.
Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda norvegiyaliklar hisobni oçişga yaqin keldi: Magalyayns Holand bilan kuraşda ustun keldi va töpni töxtatib qoldi, ammo ortda yetib kelgan Edegor uni ilib ketdi va jarima maydoniga kirib, yerlatib zarba berdi, Alissonning mahorati jamoasini goldan saqlab qoldi.
Solbakken tanaffusda hujum qanotlarini almaştirdi va Musa-Syorlot örniga Şelderup-Bobb juftligini maydonga taşladi. Ikkinçi bölimning katta qismida jamoalar ehtiyotkor öyin uslubini qöllaşdi. Raqibdan ortiqça xavf sezmagan Ançelotti hatto yaxşi sport formasida bölmagan Endrik va Neymarni maydonga tuşirişga jazm qildi. Ammo ulardan birinçisi maydonga tuşişi bilan öta qulay imkoniyatni qöldan boy berdi – Vinining zargarona pasidan keyin darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borayotgan yoş futbolçi töpni özidan qoçirib yubordi va yakunda xato zarba berdi.
Neymar esa jamoani qutqara olmadi, aksinça u maydonga tuşganidan keyin jamoa ketma-ket gollar ötkazib yubordi. Avvaliga Şelderup qanotdan töpni havolatib darvozabon hududiga yetkazdi, u yerda Magalyayns bilan töp uçun kuraşda ustun kelgan Holand boşda aniq zarba yölladi – 1:0.
Uşbu hujumçi butun öyin davomida töpga deyarli teginmagan bölsa-da, kerakli pallada özini körsatdi. Ammo uning bu goli ğalaba uçun yetarli bölmasligi ham mumkin edi – 35 yoşli Nyuland yana bir qahramonlik körsatib, tösin ostidan kirib ketayotgan töpni töxtatib qoldi.
Öyin oxirida esa Holand jarima maydoni taşqarisidan turib, Şelderupning yana bir pasini golga aylantirdi va öyin qahramoni maqomini Nyulanddan tortib oldi. Bu uning turnirdagi yettinçi goli böldi va u endi Messi hamda Mbappe bilan töpurarlar poygasidagi iştirokini davom ettirmoqda.
Neymar esa qöşimça daqiqalarda işlangan penaltini aniq ijro etiş orqali sönggi raqsini ijro etdi – bu uning Braziliya milliy jamoasi safida sönggi öyini bölib qoladi.
U öyindan keyin ijtimoiy tarmoqda şunday yozdi: «Men qayta va qayta urindim. Lekin endi hammasi tugadi».
Mexikoda triller
Meksika – Angliya 2:3
Gollar: Bellinghem, 36 (0:1). Bellinghem, 38 (0:2). Kiniones, 42 (1:2). Keyn, 60 – penalti (1:3). R. Ximenes, 69 – penalti (2:3)
Meksika: Ranhel, Montes (Alvares, 46), Vaskes, Galyardo, Sançes (Fidalgo, 79), Lira, Romo (Guterres, 61), Mora (S. Himenes, 61), Kiniones (Martines, 81), Alvarado, R. Himenes
Angliya: Pikford, Konsa, Geyi, ÖRayli (Spens, 74), Kuansa, Rays, Anderson (Byorn, 75), Bellinghem, Gordon, Saka (Stouns, 57), Keyn (Rodjyers, 90)
Ogohlantirişlar: Sançes, 71. Vaskes, 90 – Rays, 1. Geyi, 68. ÖRayli, 72
Çetlatiş: Kuansa, 54
Turnir favoritlaridan biri hisoblangan Angliya – çorakfinalda. Tomas Tuxel jamoasi beşta gol urilgan va yorqin keçgan öyinda turnir mezbonlarining yurişini töxtatdi. Endi inglizlar pley-offning keyingi bosqiçini 12 iyul kuni Norvegiyaga qarşi ötkazadi.
Angliya ötgan bosqiçda Kongo DR bilan öyinda qiyinçilikka uçragandi va boş murabbiy boşlanğiç tarkibda özgarişlar qilişga qaror qilib, hujum qanotlarini almaştirdi: Reşford va Madueke örnida ilk daqiqalardan Gordon va Saka harakat qildi. Şuningdek, öng qanot himoyasida Spens örnini jarohatidan tuzalgan Kuansa egalladi. Haviyer Agirre esa heç narsani özgartirmadi, uning jamoasida barçasi yaxşi ketayotgandi: meksikaliklar turnir boşidan buyon gol ötkazmagan ikki jamoadan (ikkinçisi Ispaniya) biri bölib turgandi.
Öyinni inglizlar kuçli pressing bilan boşlaşdi, lekin Rays ortiqça jonbozlik körsatib, xavfli öyin uçun qizil kartoçka olişiga bir baxya qoldi – agar uning oyoği bir neça santimetrga oğib ketganida inglizlar öyin startidayoq ön kişi bölib qolişi mumkin edi.
Şundan keyin Meksika taşabbusni qölga oldi va vaziyatlarga ega böla boşladi. 15-daqiqada Raul Himenes hisobni oçişga yaqin edi — ammo uning boşda darvozaning pastki burçagiga yöllagan murakkab zarbasini Pikford qaytarib qoldi.
Kuling brekdan keyin esa Angliya ham öziga keldi va öyin boşidan buyon ilk bor darvoza sohasi tomon töğri borgan zarbasini yölladi. Ammo Gordonning zarbasidan keyin Ranhel töpni egallab oldi.
Öyinning sönggi 10 daqiqaligi qizib ketdi. Meksika hujum qilişda davom etdi, hisobni esa inglizlar oçişdi. Avvaliga 36-daqiqada Rays butun maydonni töp bilan bosib ötdi va qanotda özini taklif qilgan Sakaga yetkazdi, u esa töpni havolatib jarima maydoni markaziga oşirdi, u yerda meksikalik himoyaçilar Bellinghemni qöriqlay olişmadi.
Meksikaliklar bu zarbadan öziga kelişga ulgurmasdan ikkinçi golni ötkazib yuborişdi: maydon markazida turnirning eng yoş futbolçisi, 17 yoşli Gilberto Mora Gordon va Andersonning bosimi ostida töpni oldirdi, tezkor qarşi hujum Keyn Bellinghemning ikkinçi goliga assistentlik qilişi bilan yakunlandi.
Şunga qaramay, Meksika soçilib ketmadi va tezda javob golini urdi. Standart vaziyat ijro etilganida Konsa töpni uzoqlaştirişda xatoga yöl qöydi va darvoza qarşisida yolğiz qoldirilgan Kiniones qaytarib bölmas zarba yölladi va turnirdagi törtinçi golini urdi – 1:2.
Tanaffusga qadar Raul Himenesda yana ikkita yaxşi vaziyat böldi: avvaliga olis burçakni aniq nişonga ololmadi, keyin esa Pikford uning zarbasidan keyin tösin ostiga borayotgan töpga yetib bordi.
Meksikaliklar himoyaçisi Sesar Montes esa hisobni tenglaştiriş uçun öta qulay vaziyatni qöldan çiqardi: darvozaga juda yaqin turgan futbolçi töpga bir teginişda zarba bera olmadi va ortdan yetib kelgan Bellinghem xavfni bartaraf etdi.
Meksikaliklar ustozi uşbu futbolçisini tanaffusda almaştirib yubordi.
Ikkinçi bölim startida inglizlar uçinçi golni ham urişga yaqin keldi, ammo Niko ÖRaylining zarbasidan keyin töp ustunga bordi. Biroz ötib esa öyinni butkul özgartirib yuborgan voqea sodir böldi: 53-daqiqada Jarrel Kuansa jamoadoşlarini qiyin ahvolga solib qöydi. U Galyardodan töpni olib qöyişga urinib, butsasining ostki qismi bilan raqibning töpiğiga zarba berdi, boş hakam VAR aralaşuvidan keyin inglizlar himoyaçisini maydondan çetlatdi.
«Atsteka» öyingohiga yiğilganlar bayram qilişga kirişdi, ammo ularning quvonçi uzoqqa çözilmadi – meksikaliklar darvozaboni Ranhel jarima maydoniga kirib kelgan Gordonni yiqitdi va penaltiga sababçi böldi. Keyn zarbani aniq ijro etib, turnirdagi gollari sonini 6 taga yetkazib oldi.
Meksika son jihatdan ustunligidan foydalanib, töliq hujumga ötdi va gollar şousini davom ettirdi. Javob goli ham penaltidan urildi – himoyaga yordamga qaytgan Keyn töpni uzoqlaştirişga urinib, ortdan kelgan raqib futbolçisiga zarba berib yubordi.
Nuqtaga yaqinlaşgan Himenes sovuqqonlik bilan zarba yölladi – 2:3.
Şu pallada navbatdagi kuling brek inglizlar joniga ora kirdi. Tomas Tuxel yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, şogirdlariga kerakli körsatmalarni berdi va jamoa 5-3-1 sxemasida öynaşga kirişdi. Murabbiy zaxiradan Jon Stounz, Spensa hamda bu mavsumda hali öynamagan Den Byorn kabi himoyaçilarni maydonga taşladi, uning jamoasi qolgan yarim soat mobaynida (öyinga 11 daqiqa qöşib berildi) bor e’tiborini raqibni jarima maydoniga kiritmaslikka qaratdi va buni a’lo darajada uddaladi. Meksikaliklarning havodan uzatmalari naf bermadi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalar tugayotganida hisob tenglaşişi mumkin edi, ammo darvozabon hududida ikki raqib qurşovida turgan Stounz töpni maydondan çiqarib yuborişga ulgurdi.
Inglizlar hisobdagi ustunlikni saqlab qoliş uçun jang qildi va yakunda omon qoldi.
Endi navbatda 12 iyul kuni Erling Holand boşçiligidagi norveglarga qarşi keçadigan yana bir jang kutmoqda.