

Qiziltepalik Şerali Şodiyev 15 yildirki Rossiyada mehnat qilib, yilda bir uyiga keladi. Turmuş örtoği Mohidil Razzoqova esa xususiy va davlat şifoxonalarida hamşira bölib işlaydi.
Yoşligida oliy ma’lumotli bölişni orzu qilgan ota şaroit va imkon yöqligi tufayli bu niyatiga erişa olmagan. Şu sababli farzandlarini ilmli qiliş uning uçun asosiy maqsadiga aylangan.
Özi olisda bölsa-da, farzandlari ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan Şerali Şodiyev maqsadiga yetişdi: qizlari Fotima va Zuhra işonçini oqlab, davlat granti asosida öqişga qabul qilindi. Ularning bu natijasiga erişişida asosiy mas’uliyat oila bekasi Mohidil Razzoqovaga tuşdi.Ham ikki joyda işlab, ham farzandlar tarbiyasini töliq nazoratga oliş ona uçun oson bölmagan.
“20 yildan beri Qiziltepa tumani köp tarmoqli poliklinikasida hamda xususiy klinikada hamşira bölib işlayman. Turmuş örtoğim 15 yildan beri Rossiyaga qatnaydi. 4 nafar farzandim bor. Turmuş örtoğim çetda ekanligi sababli ularning tarbiyasidagi mas’uliyat köpinça mening zimmamda böladi. Albatta, bu juda oğir va qiyin: ham ota, ham ona rolini bajaraman.
Farzandlarimni özimdan uzoqlaştirmay, bölar-bölmas köçaga çiqarib yubormasdan, hamma narsani öz holiça tuşuntirib borişga harakat qilganman. Töğri, qiyinçiliklar ham bölgan. Ularni yengib ötişda qizlarim ham yordam bergan. Ayniqsa egizak qizlarim könglimga qaraydi, tuşunişadi. Maktabda ham öqituvçilaridan biror marta ular haqida negativ fikr eşitmaganman. Mana, ikkalasi ham özlari tanlagan yönalişda talaba böldi. Şukur, bugun ana şu mas’uliyatning, mehnatlarimizning samarasini köryapmiz.
Baribir ota-ona farzandining qiziqişlariga e’tibor qaratişi, özining orzu-havasi uçun ularning kelajagini yöqqa çiqarmasligi kerak. Qizlarimning qiziqişlariga quloq tutganman, öz talabimni qöymaganman.
Turmuş örtoğim qizlarimning tarbiyasida ança qattiqqöl. Olisda bölsa ham, har kuni gaplaşib, nazorat qilib turadi. Farzand tarbiyasida otaning roli muhim, albatta” deydi Mohidil Razzoqova.

Fotima va Zuhra bir-biriga ikki tomçi suvday öxşaydi. Ammo qiziqişlari har xil.









