Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat OTMga ajratilgan davlat granti uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq 2025-2026 o‘quv yili uchun respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga 1320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Foto: Freepik
2025 yil 29 sentabrdan 5 oktyabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga (talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha) abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 2025 yil 12 oktyabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi.
O‘tkazilgan test sinovlari natijasiga ko‘ra abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025 yil 17 oktyabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.
Shuningdek, ushbu tanlovda 2025-2026 o‘quv yiliga davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida ishtirok etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham to‘plagan ballari bilan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish imkoniyati berildi.
Mavzuga oid
19:38 / 04.12.2025
Andijon tibbiyot instituti talabalariga ijara kompensatsiyasi nega bekor qilindi?
09:36 / 01.12.2025
Qishki o‘qishni ko‘chirish: talabalardan ariza qabul qilish 20 dekabrdan boshlanadi
16:33 / 29.11.2025
O‘zbekiston OTMda biznes-ta’limga AMBA akkreditatsiyasi joriy etiladi
09:44 / 26.11.2025