“Davlat oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlaş töğrisida”gi prezident farmoyişi qabul qilindi. 

Farmoyiş bilan 2025-2026 öquv yili va kelgusi 3 öquv yili uçun davlat oliy ta’lim taşkilotlariga davlat buyurtmasi asosida öqişga qabul qiliş davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:

🔹 bakalavriat bosqiçiga kunduzgi ta’lim şakli böyiça:

▪️ 2025-2026 öquv yili uçun – 35 500 ta;
▪️ 2026-2027 öquv yili uçun – 36 023 ta;
▪️ 2027-2028 öquv yili uçun – 36 460 ta;
▪️ 2028-2029 öquv yili uçun – 36 761 ta.

🔹 magistratura bosqiçiga kunduzgi ta’lim şakli böyiça:

▪️ 2025-2026 öquv yili uçun – 9 922 ta;
▪️ 2026-2027 öquv yili uçun – 10 191 ta;
▪️ 2027-2028 öquv yili uçun – 10 477 ta;
▪️ 2028-2029 öquv yili uçun – 10 784 ta.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar böyiça takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim taşkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim taşkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan; 
🔸 davlat oliy ta’lim taşkilotlarida öqiş istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yoş vatandoşlar uçun 30 ta davlat grantining ta’lim yönalişlari kesimidagi taqsimoti böyiça;
🔸 Oila va xotin-qizlar qömitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uçun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.