O‘zbekiston | 07:49 / 01.09.2023
2905
1 daqiqa o‘qiladi

Iqtidorli talabalar uchun ekologiya vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi

O‘zbekistonda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi.

2023 yil 1 sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, «yashil» iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi.

Bunda, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida stipendiya beriladi.

Shuningdek, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talablarga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarida Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyalar tayinlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid