08:31 / 04.09.2023
9353

Rim papasi Mo‘g‘ulistonda Xitoy xalqiga murojaat qildi

Fransisk «olijanob xitoy xalqi»ga murojaat qilib, xitoyliklarni «yaxshi fuqaro bo‘lishga» chaqirdi.

Foto: Vatican Media via Vatican Pool/Getty Images

Rim papasi Fransisk o‘zi tashrif bilan bo‘lgan Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batordagi marosim chog‘ida kutilmaganda Xitoy xalqi va ommaviy tadbirda qatnashgan xitoyliklarga murojaat qildi, deb xabar beradi KNA 3 sentabr, yakshanba kuni. 

Marosim yakunida papa hongkonglik ikki yepiskopni oldiga taklif qildi va joyidan uzoqlashib, Xitoy xalqiga murojaat qildi, deb yozadi agentlik. Pontifik «olijanob xitoy xalqi»ga salom yo‘llab, xitoyliklarni «yaxshi fuqaro bo‘lishga» chaqirdi, deb yozadi KNA. 

Hukumat tadbirni taqiqlaganiga qaramay, Mo‘g‘ulistonga Xitoydan 100 ga yaqin fuqaro keldi. Ularning aksariyati yuzni tanib olish texnologiyasi aniqlamasligi uchun tibbiy niqob va quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar bilan yuzlarini yashirgan, deyiladi agentlik xabarida. 

Fransisk Mo‘g‘ulistonga ketayotganda XXR rahbariyatiga murojaat qildi 

Rim papasining samolyoti Mo‘g‘ulistonga yo‘l olib, Xitoy uzra uchib o‘tayotganida Fransisk Xitoy rahbari Si Jinpingga xabar yo‘lladi. Pekin bunga javoban Vatikan bilan «o‘zaro ishonchni» mustahkamlash istagini bildirdi. «Xitoy Vatikan bilan kelgusi hamkorlikka, konstruktiv muloqotda ishtirok etishga va o‘zaro pozitsiyani yaxshilashga tayyor», - dedi Xitoy TIV matbuot kotibi Van Venbin. 

Pekin va Vatikan 1951 yildan beri diplomatik munosabatlarga ega emas. Bundan tashqari, Vatikan o‘zini o‘zi mustaqil boshqaradigan Tayvan orolini suveren davlat sifatida tan olgan.

Mavzuga oid
Top