Dunyodagi barqaror demokratiyalarni kuzatar ekansiz, bu davlatlardagi siyosiy qaraşlar juda turfa va ongli ekanini köriş mumkin. Özbekistondagi siyosiy tafakkur hali bu holatga yetib kelmadi.

Har bir jamiyatning siyosiy-psixologik holati böladi. Demokratik jamiyatlarda odamlar siyosiy mafkuralarga köra bölinadi, önglar yoki söllarga moyilligini doim anglaydi. Özbekistonda-çi? 2016 yilga qadar öta yopiq bölgan bizning mamlakatimizda, siyosiy jarayonlar va ong mutlaq muzlatilgan edi.

Özbekiston tarixida, davlat, ya’ni hokimiyat – juda uzoq muddat xalqdan alohida korporatsiya sifatida körildi. Ayniqsa, 2016 yilga qadar, hokimiyat jamiyat tafakkurini qörquv bilan boyitiş qobiliyatini özining eng ustuvor vazifasi deb bildi. Barqarorlik şu usulda ta’minlandi. Natijada, ijtimoiy fikrda “xalq-hokimiyat” dixotomiyasi şakllandi va kristallaşdi.

Şakllanib bölgan demokratik jamiyatlarda, insonlar siyosatçilarni ularning siyosiy qaraşlari, siyosiy moyilliklari bilan ölçasa, Özbekiston jamiyatida esa asosan “bu hokimiyat vakili” va “bu hokimiyatga qarşi, muxolifat” deb soddalaştiriş saqlanib qolyapti. Aslida, davlat boşqaruvidagi şaxslar, siyosatçilar heç qaçon bir xil qaraşda bölmaydi. Ularning siyosiy qaraşlari, vaziyatdan kelib çiqib, siyosiy motivlari har doim turfa xil böladi.

Islohotlar – şakllangan tartibni özgartiriş degani. Şuning uçun, islohotlar borasida, hokimiyat koridorlarida, de-fakto har xil qaraş va kayfiyatlar bölişi tabiiy.

Nazarimda, Özbekiston hokimiyati atrofidagi şaxslarda ham, islohotlar borasida, uçta yönaliş yoki qaraş mavjud. Liberallar – islohotlar tarafdori bölib, ular islohotlar orqali hayotiy barqaror siyosiy tizim şakllanişini istaşadi, siyosiy tizim legitimlikka asoslanişi kerak deb bilişadi.

Konservatorlar esa, aksinça, özgarişlar kamroq bölişini, yoki qattiq nazorat ostida keçişini istaşadi. Qattiq nazorat esa, özgarişlarni mohiyatan va şaklan nobud qiladi. Özbekistondagi siyosiy konservatorlar – bu 2016 yilga qadar davrga oriyentir oladigan şaxslar, guruhlar va kuçlar hisoblanişadi. Çunki ularning siyosiy qaraşlari, zehniyati öşa davrda şakllanib, mustahkamlandi. Ayniqsa, xavfsizlik va barqarorlikni özlarining eng muhim qadriyatlari deb biladigan şaxslar va soha vakillari eng yopiq konservatorlar hisoblanişadi.

Örtadagi qatlam esa – komformistlar, konyunkturaçilar. Ular qaysi tomonning qöli baland kelsa, özlarini şu tomon qilib körsatişadi.

Har qanday hokimiyat içida manfaatlar kuraşi bölişi tabiiy. Manfaatlar esa, dunyoqaraş bilan talqin qilinadi. Huddi şunday, bugungi Özbekiston hokimiyati içida ham, liberallar, konservatorlar va komformistlar örtasidagi ziddiyatlar, kuraşlar bölişi tabiiy.