Tadbirkorlik sub’yektlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishidagi cheklovlar olib tashlanmoqda
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdagi ayrim majburiy talablarni qisqartirishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi.

Foto: Getty Images
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Soliq kodeksi hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi va “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, mazkur o‘zgarishlar tadbirkorlik sub’yektlari o‘z huquqlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatini cheklovchi normalarni bekor qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdagi ayrim majburiy talablarni qisqartirishga qaratilgan.
Xususan, Soliq kodeksida soliq to‘lovchilar sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishi mumkinligi belgilanmoqda. Amaldagi tartibga ko‘ra, sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilingandan (shikoyat ko‘rib chiqilganidan) keyin sudga murojaat qilish mumkin.
Endilikda tadbirkorlik sub’yektlari o‘z huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri sud orqali himoya qilishi yoki ma’qul deb hisoblasa, yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor etish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon berish majburiyatlarini bekor qilish nazarda tutilyapti.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

16:38 / 13.06.2025
Toshkentda 23 ming taksichi ishsiz qolishi mumkin - Yandex

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

12:38 / 10.06.2025