Jahon | 10:21 / 06.09.2023
3064
1 daqiqa o‘qiladi

Blinken Isroil va Falastin rahbarlari bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Abbos bilan suhbatda Blinken «Iordan daryosi G‘arbiy Sohilida davom etayotgan taranglikdan xavotir bildirdi».

Foto: AP/TASS

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Isroil va Falastin yetakchilari Benyamin Netanyaxu va Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Abbos bilan suhbatda Blinken «Iordan daryosi G‘arbiy Sohilida davom etayotgan taranglikdan xavotir bildirdi».

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh falastinliklarning hayot sifatini yaxshilash choralarini ko‘rishda davom etadi. 

Blinken Vashingtonning ikki davlat tamoyiliga sodiqligini ta’kidladi. 

Netanyaxu bilan suhbatda Blinken «ikki tomonlama hamkorlik mustahkamligini va AQShning Isroil xavfsizligiga sodiqligini tasdiqladi». 

Blinken «AQSh Isroil va Falastin fuqarolari uchun erkinlik, xavfsizlik va farovonlikni kafolatlaydigan siyosatni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini» yana bir bor ma’lum qilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid