Jahon | 10:24 / 06.09.2023
3680
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada Sholsning partiyasi reytingi 16 foizga tushib ketdi

Hukmron koalitsiyaning bir qismi bo‘lgan GSDPni nemislarning atigi 16 foizi qo‘llab-quvvatlayapti - bu avgust oyi oxiridagi so‘rov natijalaridan 1 foizga kam. 

Foto: Leonhard Simon/Reuters

Germaniya kansleri Olaf Sholsning Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) faoliyatini ma’qullash reytingi 2021 yilgi federal saylovlardan beri eng past darajaga yetdi, deb xabar bermoqda Germaniyaning n-tv yangiliklar kanali. 

Forsa o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi GSDPni nemislarning atigi 16 foizi qo‘llab-quvvatlayapti – bu avgust oyi oxiridagi so‘rov natijalaridan 1 foizga kam. 

«Sotsial-demokratlar oxirgi federal saylovlardan beri eng past darajaga tushdi. Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-ijtimoiy ittifoq (XII) muxolifat fraksiyasi rahbari Fridrix Mers uchun ishlar biroz yaxshilanmoqda», - deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, XDI/XII muxolifat alyansi 27 foiz bilan reytingning birinchi pog‘onasida, «Germaniya uchun muqobillik» o‘ta o‘ngchilar partiyasi esa 21 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda. GSDP kuchli uchlikning oxirida turibdi - uning koalitsiyadagi hamkorlari «Yashillar» va Erkin demokratik partiya mos ravishda 14 va 7 foiz ovoz oldi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid