Jahon | 09:10 / 13.03.2025
1708
3 daqiqa o‘qiladi

Shols AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi

Germaniya kansleri AQShning Rossiya va Ukraina o‘rtasida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi va Vashingtonning Kiyevga harbiy yordami qayta tiklanishini olqishladi.

Foto: Foto: Toby Melville / Getty Images

Germaniya kansleri Olaf Shols AQShning Rossiya va Ukraina o‘rtasida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. 12 mart, chorshanba kuni Berlinda Yevropa Kengashi raisi Antonio Koshta bilan uchrashuvdan so‘ng hukumat rahbari vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish uzoq muddatli tinchlikka erishish yo‘llarini o‘rganishga, shuningdek, harbiy asirlarni almashish va ko‘chirilgan tinch aholini qaytarishga yordam berishini aytdi.

Olaf Shols AQShdan Ukrainaga harbiy yordamni qayta tiklashni ham qo‘llab-quvvatladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yo‘l bilan amerikaliklar «Rossiya prezidenti Vashington qo‘llab-quvvatlashi tugashi tufayli jang maydonida oddiygina g‘alaba qozonishga umid qila olmasligini» aniq ko‘rsatdi. Keyingi sa’y-harakatlar, uning fikricha, Ukraina kuchli armiyaga ega demokratik va suveren davlat bo‘lib qolishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Yevrokomissiya rahbari Yevropa xavfsizligi uchun «burilish nuqtasi»ni ko‘rmoqda

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen AQSh Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatib qo‘yayotgan bir paytda Yevropa va Ukraina xavfsizligi «burilish nuqtasida» ekanini aytdi. Vaziyat o‘ta xavfli, dedi fon der Lyayyen 6 mart kuni Bryusselda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Antonio Koshta bilan Yevropa Ittifoqining mudofaa bo‘yicha inqiroz sammiti ochilishi oldidan so‘zlagan nutqida.

«Bu Yevropa uchun hal qiluvchi lahza. Yevropa aniq tahdid bilan yuzma-yuz turibdi va shuning uchun u o‘zini himoya qila olishi kerak, biz Ukrainaga o‘zini himoya qilish va mustahkam, adolatli tinchlik uchun kurashish imkoniyatini berishimiz kerak», — deya ta’kidladi Yevrokomissiya rahbari. Shu munosabat bilan u YeI mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlariga qayta qurollanish rejasini taqdim etdi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu 800 milliard yevrogacha mablag‘ jalb qilish imkonini beradi.

Fon der Lyayyen a’zo davlatlarni qayta qurollanish sohasida qo‘llab-quvvatlash uchun «Yevropa Ittifoqini moliyalashtirishning yangi mexanizmi»ni taklif qildi. Ushbu vosita 150 milliard yevro miqdoridagi kreditlarni o‘z ichiga olishi kerak, ular Yevropa Ittifoqi budjeti tomonidan kafolatlanadi. U, shuningdek, to‘rt yil davomida Yevropa budjeti qoidalarini vaqtincha yumshatishga chaqirdi.

Mavzuga oid