Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Norvegiya maxsus vakillari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili va Norvegiyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Toshkentda hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Foto: TIV
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Norvegiyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Kell-Gunnar Eriksen bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, Kell-Gunnar Eriksen O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy yaxlit pozitsiyasini rivojlantirish, afg‘on xalqiga humanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik jarayoniga mamlakatni jalb etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Oslo shahrida) Jon Mikal Kvistad ham ishtirok etdi.
Mavzuga oid
15:09 / 13.01.2026
Norvegiya Ukrainaga 340 mln yevro yordam ajratmoqda
13:56 / 10.12.2025
Vengriya va Norvegiya bilan hamkorlikda baliq naslchilik markazlari tashkil etiladi
08:03 / 13.11.2025
Norvegiya Ukraina kreditiga yakka holda kafil bo‘lishdan bosh tortdi
23:40 / 10.11.2025