Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikki tumani hududida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi
Sergeli va Yangihayotda gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi.
6 sentabr kuni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning Sergeli va Yangihayot tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan ushbu tumanlarining ba’zi mahalla va ko‘chalarda 11:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Sergeli tumanida:
Qumariq mahallasining Obirahmat, U. Yusupov ko‘chalari;
Xonobodtepa mahallasining Xonobod ko‘chasi;
Sultonobod mahallasining Yangi Turmush, Do‘stlik ko‘chalari;
uchta ulgurji iste’molchi.
Yangihayot tumanida:
Olchazor mahallasining Yorqin Hayot ko‘chasi;
Binokor mahallasining Shokir ko‘chasi;
uchta ulgurji iste’molchi.
«Hududgaz Poytaxt» GTF noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026