BAA xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki kishini O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
Katta miqyosdagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga e’lon qilingan shaxslar aniqlandi.

Foto: IIV
Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari bilan xalqaro miqyosda Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ekstraditsiya qilish masalasi hal etildi.
O‘zaro axborot almashinuvi va hamkorlikdagi tezkor-qidiruv harakatlari natijasida hamda Xalqaro jinoiy politsiya Interpol tomonidan O‘zbekiston Bosh konsulligi vakillarining bevosita ko‘magida, Toshkent va Abu-Dabi shaharlari milliy markaziy byurolari o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirlar va avval ikki tomonlama uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga asosan katta miqyosdagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga e’lon qilingan shaxslarni topshirish ishlari amalga oshirildi.
Shu tariqa, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Birlashgan Arab Amirliklari hududida aniqlangan shaxslarning iziga tushishga muvaffaq bo‘lindi.
BAA vakolatli organlarining ijobiy qarori natijasida qidiruvdagi shaxslar Toshkentga yetkazilishi maqsadida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi.
Mavzuga oid

07:48 / 01.04.2025
«Bu hali yakuniy qaror emas» – Tashqi ishlar vazirligi BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limga hukm qilinganini tasdiqladi

16:35 / 31.03.2025
BAA sudi rohib qotilligida gumon qilingan o‘zbekistonliklarni o‘limga hukm qildi – OAV

11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

07:30 / 26.03.2025