Rossiya TIV: RF barcha talablar bajarilgandan so‘ng g‘alla bitimini «jonlantirishga» tayyor
Rossiya TIVning ta’kidlashicha, Rossiya sanksiyalardan haqiqiy ozod qilish o‘rniga BMT kotibiyatidan yangi va’dalar to‘plamini olyapti, xolos.
Rossiya «Qora dengiz tashabbusi»ni qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor, ammo faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlar bilan shug‘ullanadigan Rossiya kompaniyalaridan sanksiyalarni olib tashlash bo‘yicha talablar to‘liq amalga oshirilishi kerak. Bu haqda 6 sentabr kuni TIV saytida e’lon qilingan Rossiya TIV bayonotida aytiladi.
«Shubhasiz, G‘arb davlatlari tomonidan tegishli qadamlar istiqbollari ko‘rinmayapti, hatto Kiyevda Rossiyaga qarshi yanada qattiqroq sanksiyalar qo‘llashni davom ettirish lozimligi bildirilyapti, ular Rossiyaning, umuman oziq-ovqat xavfsizligi, g‘alla va o‘g‘itlar bo‘yicha global janub ehtiyojlarini o‘ylamayapti», - deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, «agar G‘arb va Kiyev haqiqatan ham Qora dengiz yo‘lagiga muhtoj bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi mahalliy sub’yektlarga nisbatan noqonuniy bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish vaqti keldi».
«Biroq, Rossiya sanksiyalardan haqiqiy ozod qilish o‘rniga, BMT kotibiyatidan yangi va’dalar to‘plamini olyapti», — deyiladi TIV xabarida.
Idoraning ta’kidlashicha, «aslida, hozirgi takliflar, BMTning oldingi g‘oyalari kabi, hech qanday yangi elementlarni o‘z ichiga olmaydi va Rossiya qishloq xo‘jaligi eksportini normallashtirishda sifatli muvaffaqiyatga erishish uchun asos bo‘la olmaydi».
«Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rossiya-BMT memorandumining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha keyingi rejalari haqidagi savol ochiq qolmoqda, chunki (BMT bosh kotibi) Antoniu Guterrish kelishuvdan chiqish niyati yo‘qligiga ishontirdi», — deya ta’kidladi TIV.
Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, «Rossiya, o‘z navbatida, mahalliy oziq-ovqat va o‘g‘itlarni eksport qilishni davom ettiradi, bu jahon narxlarini barqarorlashtirishga va ularning umumiy mavjudligini yaxshilashga yordam beradi», shuningdek, o‘z mahsulotlarini muhtojlarga berish bo‘yicha sa’y-harakatlarni to‘xtatmaydi.
«Rossiya, Turkiya va Qatarning Rossiyadan Turkiyada qayta ishlash uchun 1 million tonna g‘alla yetkazib berish bo‘yicha qo‘shma loyihasi, keyinchalik eng kambag‘al mamlakatlarga bepul tashish ham katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, gap yil davomida «Qora dengiz tashabbusi» doirasida muhtojlarga yuborilgan bir xil miqdordagi oziq-ovqat haqida ketmoqda», — deya xulosa qildi TIV.
Mavzuga oid
16:48
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
13:31
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
09:59
Ukraina xandaqlarida taqiqlangan CS gazi izlari topildi
00:36