Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Xorvatiya portlari orqali don eksport qilishni boshladi
Mamlakat «g‘alla bitimi» to‘xtatilishi ortidan o‘z mahsulotlarini eksport qilish yo‘llarini tiklamoqda.
Ukraina o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xorvatiyaning O‘rtayer dengizidagi portlari orqali eksport qilishni boshladi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko xabar berdi.
«Ukraina doni allaqachon Xorvatiya portlari orqali eksport qilinmoqda. Ushbu savdo yo‘li allaqachon mashhur. Biz transport koridori imkoniyatlarini kengaytirib, uni rivojlantirishga tayyormiz», dedi u.
Sviridenko so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalish mamlakatlar o‘rtasidagi savdoda, jumladan, harbiy harakatlar tugaganidan keyin ham «muhim rol o‘ynaydi».
Vazir bu haqda Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich bilan uchrashuvda aytdi. U avvalroq Ukraina g‘allasini mamlakat portlari orqali eksport qilishni bir necha bor taklif etgan.
«Xorvatiya o‘zini O‘rtayer dengizidan Markaziy Yevropaga kirish eshigi sifatida ko‘radi va shuning uchun biz portlarimizda, xususan, strategik portimiz Riyekada ko‘proq imkoniyatlarni taklif qildik», dedi siyosatchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Xorvatiya hukumati Riyeka va Dunaydagi Vukovar porti o‘rtasida temir yo‘l aloqasini rivojlantirmoqchi. Ular orasidagi masofa 350 km dan ortiq. Ukrainaning Dunay daryosida bir nechta portlari bor - masalan, Reni va Izmail. So‘nggi paytlarda ular Rossiya tomonidan o‘qqa tutilmoqda.
Kiyev «g‘alla bitimi» tugatilishi munosabati bilan o‘z g‘allasini eksport qilishning muqobil yo‘llarini qidirmoqda. Bitim 17 iyuldan beri to‘xtatilgan.
Avval Ukraina doni Dunay portlari orqali eksport qilinmas edi, chunki ularni Qora dengiz bo‘ylab tashish eng arzon bo‘lgan (2022 yil noyabr oyida tonnasiga - 29 dollar, Dunay portlaridan esa - 124 dollar). Quruqlik orqali tashish esa bundan ham qimmatroq - bir tonna uchun 140 dollar.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026