AQSh va Britaniya rossiyalik hakerlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Vashington va London sanksiyalar ro‘yxatidagi 11 kishini Trickbot guruhining kiberjinoyatchilari deb hisoblaydi, ular muhim infratuzilmaga hujumlar va tovlamachilikda ayblanyapti.
AQSh Moliya vazirligi 7 sentabr, payshanba kuni Vashington Trickbot hakerlar guruhi a’zosi deb hisoblaydigan 11 nafar rossiyalikka nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Cheklovlar sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarini muzlatish va Amerika fuqarolari yoki kompaniyalariga bu shaxslar bilan biznes yuritishni taqiqlashni anglatadi. Xuddi shu kuni Britaniya hukumati ham xuddi shunday choralar ko‘rdi.
«Rossiya uzoq vaqtdan beri kiberjinoyatchilar uchun xavfsiz boshpana bo‘lib kelgan», — deya ma’lum qildi AQSh Moliya vazirligi. Unga ko‘ra, Trickbot Rossiya razvedka idoralari bilan aloqador bo‘lib, AQSh hukumati va kompaniyalariga, shuningdek, muhim infratuzilma va sog‘liqni saqlash xizmatlari provayderlariga hujum qilgan. Guruh Rossiyadan tashqaridagi nishonlardan moliyaviy ma’lumotlarni o‘g‘irlash uchun yaratilgan xuddi shu nomdagi virus ishlab chiqaruvchisi, deb hisoblaydi Amerika tomoni. Vashington London bilan kelishilgan holda zararli kiberfaoliyatga qarshi kurashish uchun jamoaviy vositalar va vakolatlardan foydalanishda davom etadi, dedi AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Brayan Nelson.
London tovlamachilikdan ko‘rilgan zararni o‘nlab million yevroga baholagan
Britaniya, shuningdek, Trickbot kiberjinoyatchilarini muhim infratuzilmaga hujum qilishda aybladi. Bundan tashqari, hakerlar Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirishi muxoliflariga tahdid qilgan, deya bildirdi London. Milliy jinoyatchilik bilan kurash agentligi (National Crime Agency) hisob-kitoblariga ko‘ra, Trickbot butun dunyo bo‘ylab kamida 180 million dollar (168 million yevro) va Britaniyada jabrlanganlardan kamida 27 million funt sterling (31,4 million yevro) undirish bilan shug‘ullangan.
Rossiya rasmiylari yangi sanksiyalarga munosabat bildirdi. Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov jazo choralarini «gibrid urushning elementi» deb hisobladi va Rossiyaning Britaniyadagi elchixonasi Londonning qaroridan hayratda ekanligini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
21:03
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
18:44
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:48
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
13:31