Jahon | 12:58 / 09.09.2023
6730
3 daqiqa o‘qiladi

Safarbar qilingan ayol shifokorlarga Ukrainadan chiqib ketish taqiqlanadi

Foto: Shutterstock

1 oktyabrga qadar Ukrainada tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan barcha ayollar harbiy xizmatda ro‘yxatdan o‘tishi kerak, biroq ularning barchasining ham mamlakatdan chiqib ketishi cheklanmaydi.

Ukrainada tibbiy yoki farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lgan ayollar 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab harbiy xizmatda ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Chet elga chiqishni taqiqlash faqat safarbar qilinadigan shaxslarga taalluqlidir, dedi 8 sentabr, juma kuni Oliy rada Milliy xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi, prezidentning parlamentdagi vakili Fyodor Venislavskiy.

«Harbiy xizmatga majbur bo‘lgan ayollarning chet elga chiqishini cheklashga kelsak, bunday cheklov faqat ma’lum vazifalarga muvofiq safarbar etilgan ayollarga nisbatan qo‘llanadi. Chunki bu ayollar harbiy xizmatchi maqomiga ega bo‘lib, tegishli huquq va cheklovlarga bo‘ysunadi», - dedi Venislavskiy. U oddiy harbiy xizmatda ro‘yxatdan o‘tgan ayol shifokorlarning xorijga chiqishi cheklanmasligi va bu masala ko‘rib chiqilmayotganini ta’kidladi. 

Tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan ayollar harbiy xizmat ro‘yxatidan o‘tishi kerak 

Bir kun avval Oliy rada ayollarni ixtiyoriy harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi, dedi deputat Aleksey Goncharenko. Ayol shifokorlar uchun harbiy ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘ladi. Keyinchalik Venislavskiyning xabar berishicha, ayol shifokorlar ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, chet elga chiqishi cheklangan harbiy xizmatga majbur bo‘lganlar maqomiga ega bo‘ladi. 

«Agar ular ro‘yxatga olingan bo‘lsa, harbiy xizmatga majburlar maqomiga ega bo‘ladi, harbiy xizmatga majburlar esa belgilangan tartibda chet elga chiqishi mumkin. Agar vaqtincha chiqish huquqiy beruvchi alohida hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ular ham erkaklar kabi safar qilish huquqidan mahrum bo‘ladi», dedi Venislavskiy «RBK-Ukraina»ga. Endi amaldor o‘z so‘zlariga oydinlik kiritdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid