Qiwi O‘zbekiston xalqaro pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi
Mijozlar faqat hamyondan o‘zbek provayderlari xizmatlari uchun to‘lov operatsiyalarini, shuningdek Qiwi O‘zbekiston elektron hamyonlari o‘rtasida o‘tkazmalarni amalga oshirishi mumkin.
Rossiyaning Qiwi kompaniyasi O‘zbekiston shu’ba korxonasi Markaziy Bank cheklovlaridan so‘ng, xalqaro pul o‘tkazmalari, jumladan, Rossiya kartalari va elektron hamyonlariga o‘tkazmalarni to‘xtatdi.
O‘zbekiston Markaziy Banki 5 sentabrdan boshlab, to‘lov tashkilotlariga transchegaraviy operatsiyalarni amalga oshirishga taqiq joriy qildi. Bu chora mahalliy moliya tizimi va fintex bozorini himoya qilish maqsadida ko‘rilgani aytilgan edi.
«Biz O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan kutilmagan cheklovlarga duch keldik. Oqibatda Uzcard va HUMO kartalari faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldik», deyiladi Qiwi O‘zbekiston xabarida.
Ta’kidlanishicha, hozirda Uzcard va HUMO kartalari bilan har qanday tranzaksiyalar, kartalarga har qanday o‘tkazmalar, Qiwi Rossiya va Qiwi Qozog‘iston elektron hamyonlariga o‘tkazmalar, shuningdek, xorijiy xizmatlar va moliyaviy xizmatlar uchun to‘lovlar amalga oshirilmaydi.
Mijozlar faqat hamyondan o‘zbek provayderlari xizmatlari uchun to‘lov operatsiyalarini, shuningdek Qiwi O‘zbekiston elektron hamyonlari o‘rtasida o‘tkazmalarni amalga oshirishi mumkin.
To‘lov tizimi O‘zbekiston Markaziy Bankidan rasmiy ko‘rsatma olmaguncha pul mablag‘larini ham chiqarib bo‘lmasligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, cheklovlarni olib tashlash muddati ham noma’lum.
Qiwi to‘lov shu’ba korxonasi O‘zbekistonda Payment Aggregation Systems nomi ostida 2020 yil iyul oyidan beri faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
16:48
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
13:31
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
09:59
Ukraina xandaqlarida taqiqlangan CS gazi izlari topildi
00:36