O‘zbekiston | 07:57 / 13.09.2023
4047
2 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan buyon Rossiyaga mehnat migrantlarini tashkiliy yollash 12 barobar oshdi

O‘zbekiston fuqarolari orasida Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya ham katta qiziqishga sabab bo‘lyapti.

Foto: Sputnik / Ilya Pitalev

Rossiyaga tashkiliy yollash orqali jo‘natilgan mehnat muhojirlari soni keskin ko‘paydi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi. 

Yanvar-avgust oylarida 28,2 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi pul ishlash maqsadida xorijiy davlatlarga ketgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 7,5 foizga ko‘pdir. 

Ularning deyarli to‘rtdan uch qismi yoki 20,45 ming kishi tashkiliy yollash doirasida Rossiyaga ketgan. Shu tariqa, bahor oxiridan beri ularning soni 12 barobar oshdi. 

Qiziqishga sabab bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Janubiy Koreya (3,18 ming muhojir) va Buyuk Britaniya (1,8 ming) egallagan. Keyingi o‘rinlarda - Qozog‘iston (812 ishchi), Germaniya (387) va Turkiya (194). Shuningdek, oz sonli O‘zbekiston fuqarolari Ruminiya, Bolgariya, Yaponiya, Litva, Polsha va Latviyada mehnat qilmoqda. 

Qurilish sohasida ishlash uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy yollash loyihasi Rossiya hukumatining 2021 yil oktyabrdagi qarori bilan boshlangan. Tashkiliy yollash loyihasi doirasida jami 4750 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Rossiya qurilish obektlariga kelgan. 2022 yilning qishida Rossiyada qishloq xo‘jaligi uchun tashkiliy ishga yollash ham rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘ldi. 

Mavzuga oid