AQSh Rossiya kompaniyalari va fuqarolariga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi
Ro‘yxatga yirik metallurgiya va avtosanoat kompaniyalari, banklar, uch nafar milliarder kiritildi.
AQSh hukumati Rossiyaning bir necha o‘nlab kompaniyalariga, jumladan, «AvtoVAZ», «Moskvich» va «Alfa-grupp»ning A1 investitsiya bo‘limiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Yangilangan sanksiyalar ro‘yxati AQSh Moliya vazirligi saytida e’lon qilingan.
Ro‘yxatga «Rosavtodor», «Transmashxolding», «Mosinjproekt», «Ob’yedinennaya metallurgicheskaya kompaniya», «Russkaya mednaya kompaniya» va «Ak-Bars» banki ham kiritilgan.
Bundan tashqari, Rossiyaning 20 nafar fuqarosiga ham sanksiyalar joriy qilindi. Ular orasida «Russkaya mednaya kompaniya» asoschisi Igor Altushkin, UGMK asoschisi Iskandar Mahmudov va «Transmashxolding» sobiq rahbari Andrey Bokarev bor. Uchalasi ham Forbes tomonidan rossiyalik milliarderlar reytingiga kiritilgan.
Jismoniy shaxslar uchun AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilishi ularning mamlakatdagi har qanday aktivlari, shuningdek, 50 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan har qanday yuridik shaxslarning faoliyati muzlatilishini anglatadi.
Bundan tashqari, ular bilan har qanday moliyaviy hamkorlik taqiqlanadi: tovarlar va xizmatlarni olish yoki taqdim etish, xayriya va kreditlar. Sanksiyalarga duchor bo‘lgan yuridik shaxslar bilan ham vaziyat o‘xshash - bu aktivlarni muzlatish va har qanday o‘zaro hamkorlikni taqiqlashdan iborat.
Mavzuga oid
16:48
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
16:15
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
13:31
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
09:59