Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati kengaydi
Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati yangilandi.
O‘zbekiston prezidenti tomonidan 13 sentabr kuni imzolangan farmon bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:
Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila a’zolari (ota-onasi, halok bo‘lgan vaqtda qonuniy nikohda bo‘lgan xotini (eri) va farzandlari).
O‘zbekiston Qurolli kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lganda, uning oila a’zolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy-ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Mazkur nafaqa 2023 yil 1 apreldan keyingi davrda halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga to‘lanadi.
Mavzuga oid
17:49 / 19.05.2026
Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:38 / 08.04.2026
Muddatli harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga imtiyoz va kafolatlar beriladi
10:31 / 30.03.2026