Yadroviy energetika yana kun tartibiga chiqmoqda, biroq uran hammaga ham yetmaydi
Atom elektr stansiyalar yana «moda»ga aylanib bormoqda, buning oqibatida uning yoqilg‘isi hisoblanuvchi boyitilgan uran narxi oshib bormoqda. O‘zbekiston esa uranning asosiy eksportchilaridan biri.
Atom energetikasining qayta tug‘ilishi bir qator muammolarga duchor bo‘lmoqda: yadroviy reaktorlarning yaqin o‘n yilliklar uchun yoqilg‘isi hisoblangan radioaktiv uran narxlari keskin o‘sib bormoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.
Sohada yana yangilanish kuzatilmoqda: yangi reaktorlar AQSh, Osiyo va Yevropadagi energiya tizimlariga ulangan, mavjud atom elektr stansiyalarining xizmat ko‘rsatish muddati uzaytirilgan. Yaponiya 2011 yilda ro‘y bergan kuchli zilzila va sunami tufayli Fukushima AESdagi halokatdan so‘ng elektr stansiyalarini ishini sekin-asta tiklamoqda. General Electric va Rolls-Royce kabi kompaniyalar ishtirok etayotgan kichikroq modul reaktorlar loyihalari tijoriy yashab qolish uchun qadam tashlagan.
Yadroviy energetikaga qaytish tog‘-konchilik kompaniyalarini bu yoqilg‘ini yanada ko‘proq ishlab chiqarishdan tiyib turgan o‘n yillik tanazzuldan so‘ng 10 mlrd AQSh dollariga teng uran bozorini bir qalqitib oldi. Uranni qazib olishdan tortib, boyitishgacha bo‘lgan murakkab yetkazib berish zanjirining ojiz nuqtalari borligi ayon bo‘ldi.
Ayrimlar dunyodagi eng yirik uran ishlab chiqaruvchi Rossiyadan yoqilg‘i yetkazishda G‘arb davlatlari sanksiyalar qo‘llashi mumkinligigan xavotirgan tushgan. Bu xavotirlarni uranga boy Nigerda yaqinda ro‘y bergan davlat to‘ntarishi yanada kuchaytirgan.
Morgan Stanley tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy Afrikadagi bu davlat hissasiga jahondagi uran yetkazib berish ulushining 5 foizi to‘g‘ri keladi. Ularning 24 foizi yevropa Ittifoqiga eksport qilingan. Fransiyaning ulkan atom floti ayniqsa bu uranga juda bog‘lanib qolgan. Treyderlar yetkazib berish va yangi loyihalarni amalga oshirishdagi ehtimolli uzilishlardan tahlikada.
Bozorda ma’lumot yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi UxC kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda boyitilgan uranning bazaviy narxlari 30 foizgacha ko‘tarilib, bir funtiga 62 AQSh dollariga yetgan. Bu narx uranni eng jozibador xomashyo tovariga aylantirgan. O‘tgan yili Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng ro‘y bergan o‘sish hisobga olinmasa, bu 2011 yil — Yaponiyaning Fukushima AESida ro‘y bergan avariya o‘nlab reaktorlarning to‘xtatishiga sabab bo‘lgan voqeadan so‘ng eng keskin o‘sish hisoblanadi.
«Bozor hozir yangi ishlab chiqarishga muhtoj, biroq buning uchun zarur muddatlar tez va oson bo‘lmaydi, albatta», — degan Texasda joylashgan Uranium Energy kompaniyasining ijrochi direktori, endi ish boshlagan konchi.
Odatda savdoga chiqariladigan uran sariq kek sifatida mashhur, biroz qayta ishlangan, U3O8 shakliga ega. Bu kukun gaz shaklidagi uran geksaftoridiga aylantiriladi, so‘ngra boyitiladi va undan elektr stansiyalari yoqilg‘isi hisoblanadigan uran sterjenlari tayyorlanadi. Faqat AQSh, Kanada, Fransiya, Rossiya va Xitoydagi sanoqli kompaniyalar uranni qayta ishlay olishi mumkin.
Treyderlarning aytishicha, korxonalar uranni qayta ishlash uchun shartnoma imzolashga shoshishgani tufayli xarajatlar keskin oshib ketgan. AQShdagi yagona qayta ishlovchi ConverDyn kompaniyasi Illinoysdagi Honeywell zavodini iyul oyida qariyb olti yillik tanaffusdan so‘ng qayta ishga tushirgan. Vaziyat bilan tanish insonlarning aytishicha, zavod 2028 yilgacha to‘liq band, bu esa yuqori talabdan darak beradi. Zavodni qayta ishga tushirish asnosida esa sizish kabi texnik muammolar ro‘y bergan. Bu esa turg‘unlik davridan so‘ng soha o‘zini o‘nglash uchun qiyinchiliklarga duch kelayotganidan dalolat beradi.
Tavsiya etamiz
Kim g‘olib: Isroil yoki Hamas?
Jahon | 19:31 / 17.01.2025
Koreyslar Kurskda shiddat bilan urushmoqda. Nega?
Jahon | 23:55 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Peres «Real» prezidentligiga qayta saylandi. U 5-bor saylovlarsiz g‘alaba qozondi
Sport | 01:45
-
Xitoy dunyodagi eng katta avtomobil tashuvchi kemasini suvga tushirdi
Jahon | 00:36
-
TikTok AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi
Fan-texnika | 00:12
-
AQSh Yevropaga modifikatsiya qilingan yadroviy aviabombalarini joylashtirdi
Jahon | 23:30 / 19.01.2025
Mavzuga oid
22:02 / 08.01.2025
To‘qayev Qozog‘istonni atom energetikasi rivojlangan davlatga aylantirmoqchi
17:09 / 05.01.2025
«Rosatom» Turkiyaga AES uchun uskunalarni yetkazib bermayotgan Siemensʼni sudga beradi
13:43 / 01.01.2025
FT: RF Yaponiya va Janubiy Koreyadagi AESga zarbalarga tayyorlangan
18:22 / 22.12.2024