Rossiya harbiylari Yaponiya va Janubiy Koreyaga uşbu davlatlar bilan ehtimoliy uruş holatida zarba beriş uçun möljallangan nişonlarning batafsil röyxatini tayyorlagan. Bu haqda Financial Times gazetasi 31 dekabr, seşanba kuni Rossiya armiyasining 2013-2014 yillarga oid oşkor etilgan maxfiy hujjatlariga tayanib yozdi. Ularni jurnalistlarga Ğarb manbalari nomini oşkor etmagan holda körsatişgan.
Uşbu hujjatlar Yaponiya va Janubiy Koreyadagi yöllar, köpriklar, sanoat korxonalari va boşqa fuqarolik infratuzilmasi, jumladan, atom elektr stansiyalari (AES) kabi 160 ta obektga tegişli. Ularga potensial zarba berişdan maqsad «operativ hududlarda qöşinlarning qayta töplanişi»ning oldini oliş ekani aytilmoqda.
«Rossiya harbiy rejaçilari NATO bilan har qanday uruş yuz bergan taqdirda mamlakatning şarqiy çegaralari himoyasiz qolişidan va Qöşma Ştatlar va uning mintaqaviy ittifoqçilari hujumiga duçor bölişidan xavfsiragan», deb ta’kidlaydi Financial Times.
Sizdirilgan hujjatlarda yana nima deyilgan
FT tayangan fayllar Rossiya armiyasidan sizdirilgan 29 ta maxfiy hujjatlar katta paketining bir qismi bölib, ular, naşrning yozişiça, «asosan ofitserlarni şarqiy çegarada yuzaga kelişi mumkin bölgan mojaroga tayyorlaşga bağişlangan». Ular 2008-2014 yillarga töğri keladi, ammo mazmuni »hali ham Rossiya strategiyasiga tegişli», deb ta’kidlaydi gazeta.
Financial Times avvalroq uşbu hujjatlardan çiqariş mumkin bölgan boşqa xulosalar, xususan, Rossiyaning taktik yadro qurolidan foydalaniş çegarasi Moskva tan olganidan pastroq ekanligi va Rossiya dengiz floti şunday vaziyatda Yevropaga yadroviy zarbalar berişga tayyorlangani haqida yozgan edi.








