9,5 mingga yaqin mahallaning 1,5 mingdan ziyodida kriminogen vaziyat murakkabligicha qolmoqda - vazir
Tahlillar mahalladagi jinoyatchilikning ildizi ko‘pincha ijtimoiy muammolarga borib taqalishini ko‘rsatgan.
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi. Murojaat matni “Yangi O‘zbekiston” nashrida e’lon qilingan.
Murojaatda ma’lum qilinishicha, to‘qqiz yarim mingga yaqin mahallaning 1,5 mingdan ziyodida kriminogen vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Tahlillar mahalladagi jinoyatchilikning ildizi ko‘pincha ijtimoiy muammolarga borib taqalishini ko‘rsatgan.
Qayd etilishicha, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha “ijtimoiy profilaktika” tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali profilaktika inspektori, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faolidan iborat “mahalla beshligi” hamkorligi yanada kuchaytiriladi. Mahallaning o‘zida o‘smirlar, yoshlar va ayollar o‘rtasidagi jinoyatchilikni keskin kamaytirish hamda muammoli fuqarolar bilan ishlashni kuchaytirgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralari ko‘riladi.
Bundan buyon asosiy e’tibor sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganish, ularning asl sabablarini aniqlash va bartaraf etish masalasiga qaratiladi.
Endilikda huquqni muhofaza qilish organlari oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etib, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda “namunali hudud metodikasi” yaratiladi. Mazkur yondashuv orqali kelgusida har bir mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning asl sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va ularning viloyat boshqarmalari rahbar xodimlari, Bosh prokuror o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari va viloyat prokurorlari eng og‘ir mahallalarga biriktirilgan holda ularni “jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish” sa’y-harakatlari faollik bilan amalga oshiriladi.
Bunda, har bir rahbar joylarga chiqib “mahalla beshligi” faoliyati bilan shaxsan tanishadi, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hamda kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni muhokama qiladi, muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni belgilaydi va nazoratini o‘rnatadi.
Mavzuga oid
16:02 / 22.04.2024
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi
11:16 / 06.02.2024
Po‘lat Bobojonovga yangi o‘rinbosar tayinlandi
12:12 / 05.01.2024
«112» tezkor raqami o‘z muddatida ishga tushmadi
13:51 / 22.12.2023