Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sertifikatga ega bo‘lmaganlarga «dom»larning boshqarish organiga rahbarlik qilish taqiqlandi
Foto: Kun.uz
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2025 yildan boshlab sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarga ko‘p kvartirali uylarning boshqarish organlariga rahbarlik qilish taqiqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yil 1 oktyabrdan boshlab, buyurtmachi xizmatlarining loyiha boshqaruvi va texnik nazorat mutaxassislari, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazorati mutaxassislari, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, pudrat tashkilotlarining ichki nazorat mutaxassislarini o‘qitish va sertifikatlash yo‘lga qo‘yiladi.
Keyingi yildan boshlab esa, ekspertiza organlari ekspertlari, nazorat o‘lchovi mutaxassislari, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari, viloyat va tuman (shahar) arxitektorlari hamda hududiy nazorat inspeksiyalari inspektorlari malakasini oshirish va sertifikatlash tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Xususan, bunda soha mutaxassislariga sertifikat berish, test sinovi jarayonini o‘tkazish, sertifikat berilgan mutaxassislar reyestrini yuritish va sertifikatning amal qilishini to‘xtatish tartiblari belgilangan.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
15:20 / 14.03.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlashdan ixtiyoriy tarzda o‘tishi mumkin
22:24 / 01.03.2026
O‘qituvchilarning amaldagi sertifikatlari muddati tugamagunicha malaka toifasi tushirilmaydi – vazirlik
12:38 / 13.02.2026