O‘zbekiston | 08:11 / 19.09.2023
10395
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan maktabda ilk qo‘ng‘iroq chalindi

Fuzuliyda bunyod etilgan maktab 960 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qorabog‘ning Fuzuliy tumanida 15 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-umumta’lim maktabida ilk qo‘ng‘iroq chalindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Ma’ruzalarda Fuzuliyda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, birinchi xonim Mehribon Aliyeva, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva tomonidan ochilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv yilining boshlanishi turk dunyosi qardoshligini namoyon etuvchi ramziy ma’noga ega ekanligi ta’kidlandi. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston xalqi nomidan sovg‘a sifatida Fuzuliyda bunyod etilgan maktab 960 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. O‘tgan yili boshlangan qurilish ishlari yuqori sifatda amalga oshirilgan. Maktab binosi uch gektar maydonda qurilgan bo‘lib, ikki qavat va yerto‘ladan iborat. Maktabda 40 ta o‘quv xonasi, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional sinf, 500 o‘rinli majlislar zali, sport zali, 320 o‘rinli ovqatlanish xonasi va kutubxona mavjud. 

Maktab hududida futbol maydoni, dam olish va tadbirlar uchun maxsus joylar, yugurish yo‘laklari, ayvoncha, nazorat punkti, qozonxona, suv inshootlari, elektr uzatish tarmog‘i qurilgan. Yangi o‘quv yilida maktabning 11 sinfida 160 nafar o‘quvchi tahsil oladi, professor o‘qituvchilar tarkibi 15 nafar o‘qituvchidan iborat.

Mavzuga oid