Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda oziq-ovqat bo‘yicha xalqaro konferensiyada qariyb 2 mlrd dollarga teng kelishuvlar imzolandi
Samarqand shahrida o‘tgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya davomida sessiyalarda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
Samarqandda o‘tkazilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Xalqaro konferensiyada qariyb 2 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Samarqandda sentabr oyi boshida ikki kun mobaynida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda qariyb 2 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolangan.
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil avgust oyida FAO umumiy oziq-ovqat indeksi 2,1 foizga kamaygan. Bunda, go‘sht narxi 3 foizga, cyt mahsulotlari narxlari 4 foizga, donli ekinlar narxlari 0,7 foizga, o‘simlik yog‘i naxi 3,1 foizga pasaygan.
AQSh Qishloq xo‘jaligi departamenti tomonidan avgust oyida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, joriy yilda dunyo bo‘yicha bug‘doy ishlab chiqarish hajmi 2022-2023-yil mavsumga nisbatan 3,4 mln tonnaga oshib, 793,4 mln tonnani tashkil etishi kutilmoqda.
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblangan inflatsiya darajasi joriy yil yanvar-avgust oylarida o‘tgan yilgi 7 foizdan 3,8 foizgacha, oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasi esa 8,5 foizdan 3,7 foizgacha pasaydi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
23:04 / 13.06.2026