Yevropa Ittifoqi Rossiya olmosiga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin
Yevropa Ittifoqi oktyabr oyida Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketini taqdim etadi.
Oktyabr oyida Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari yangi paketi taqdim etiladi, deb yozdi Bloomberg o‘z manbalariga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sanksiyalarning 12-to‘plami Rossiyadan olmos import qilishni taqiqlash, suyultirilgan gaz eksportiga cheklovlar, shuningdek, Rossiya IT-sohasi mahsulotlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Bundan tashqari, nashr manbalarining ta’kidlashicha, yangi paketning bir qismi sifatida Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga yordam berish uchun foydalanish rejasi taqdim etilishi mumkin.
Bloomberg ta’kidlaganidek, ba’zi davlatlar, jumladan Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari ham Rossiya yadro sektorini cheklashga chaqirmoqda. Ammo, deb yozdi agentlik, bunday cheklovlar joriy etilishi dargumon, chunki YeI a’zolaridan juda ko‘pi ularga qarshi.
Bundan tashqari, yangi sanksiyalar paketi, ehtimol, BAA va Turkiya kabi uchinchi davlatlar orqali sanksiyalarni chetlab o‘tishni cheklash bo‘yicha keyingi qadamlarni o‘z ichiga oladi.
Yevropa Ittifoqi 2023 yil iyun oyida Rossiyaga qarshi o‘n birinchi sanksiyalar paketini qabul qildi. U ilgarigi cheklovlarni chetlab o‘tishga qarshi kurashishga qaratilgan bir qator savdo va logistika choralarini o‘z ichiga oldi. Xususan, Yevropa Ittifoqi keyinchalik Rossiya orqali harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan tovarlar va texnologiyalarning tranzitini butunlay taqiqlagan edi.
Mavzuga oid
00:36
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
20:09 / 18.11.2024