Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunni buzgan migrantlar Rossiyadan majburiy chiqarib yuborilishi mumkin
Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan xorijiy fuqarolarni majburiy deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Davlat Dumasiga kiritildi.
«Rossiyskaya gazeta» xabariga ko‘ra, qonun loyihasi Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov va Davlat Dumasining Mintaqaviy siyosat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish qo‘mitasi raisi Aleksey Didenko boshchiligidagi LDPR fraksiyasi deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan.
Migrantlar qonunbuzarlik sodir etgani uchun hozir ham deportatsiya qilinmoqda va jarimaga tortilmoqda. Ammo ko‘pincha bu ish faqat jarima undirish bilan cheklanyapti. Migrantlarga esa Rossiyada qolish va ishlashni davom ettirishga ruxsat berilyapti.
Hujjat mualliflari deportatsiyani majburiy chora qilishni taklif etmoqda.
Loyihada deportatsiyaga sabab bo‘ladigan qonunbuzarliklar ham sanab o‘tilgan: chegarani kesib o‘tish qoidalarini buzish; chegara punktlarida rejimni buzish; patensiz, patentda ko‘rsatilmagan kasbda yoki ishlashga ruxsat berilgan hududdan tashqarida ishlash; migratsiya qoidalarini buzish, masalan, immigratsiya nazorati yoki tibbiy ko‘rikdan o‘tmaslik.
Hozircha qonun loyiha bosqichida va Davlat Dumasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Mavzuga oid
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
10:15 / 22.06.2026