Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat raisi Janubiy Koreya bosh vaziri bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi.
Foto: senat.uz
Tanzila Norboyeva Janubiy Koreya bosh vaziri Xan Dok Su bilan uchrashdi. Muloqotda O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligining keng doirasi, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va ijtimoiy sohalardagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan samarali hamkorlik natijasida ular bilan amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy portfeli 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etgani alohida qayd etildi.
Suhbat chog‘ida Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) bilan birgalikda tibbiyot va farmatsevtika klasterini tashkil etish, elektronika mahsulotlari va yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya klasterini yaratish va boshqa loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Janubiy Koreya bosh vaziri kun tartibining barcha dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha yangi konstruktiv takliflarni faol ishlab chiqish tarafdori ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qamrovi jihatidan kengayib borayotgan ikki tomonlama muloqotni amaliy mazmun bilan yanada boyitishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
07:40 / 27.03.2026
Janubiy Koreya birinchi seriyali KF-21 qiruvchisini namoyish qildi
12:25 / 19.03.2026
Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
17:51 / 19.02.2026