Jahon | 08:54 / 21.09.2023
7434
2 daqiqa o‘qiladi

Blinken Ukrainada urush bilan bog‘liq kundalik hayotni unutmaslikka chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Entoni Blinken Rossiya Ukrainada har kuni sodir etayotgan harakatlarni eslatdi. U Ukraina va jahon hamjamiyati tajovuz qarshisida taslim bo‘lmasligini bildirdi.

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina xalqi har kuni duch kelayotgan urush dahshatlarini unutmaslikka chaqirdi. «Ushbu zalning qulay masofasidan agressiya oqibatida qurbon bo‘lgan ukrainaliklarning ahvolini ko‘zdan kechirish juda oson», — dedi u 20 sentabr, chorshanba kuni Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida. 

Blinken urush jinoyatlariga aniq misollar keltirar ekan, tinch aholi uylari nishonga olingani, bolalar o‘g‘irlangani, ukrainaliklar g‘ayriinsoniy sharoitlarda ushlab turilgani, humanitar yordam va g‘alla omborlarini vayron qilinganiga e’tibor qaratdi. «Ukrainalik oilalar buni har kuni boshdan kechirmoqda. 574 kun davomida ular bosqinni boshidan kechirmoqda. Ertaga va indinga ham shunday bo‘ladi», - dedi AQSh Davlat departamenti rahbari. 

Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya faqat zo‘ravonlikni davom ettirish, Ukraina va jahon hamjamiyati bir kun kelib tanaffus oladi, deb hisoblaydi. «Ammo ukrainaliklar taslim bo‘lmaydi. Biz ham taslim bo‘lmaymiz», dedi Blinken. 

Blinkenning global janubdagi tanqidchilarga javobi 

AQSh davlat kotibi o‘z nutqida Ukrainadagi urush jahon hamjamiyatiga iqlim yoki iqtisodiy o‘sish inqirozi kabi boshqa dolzarb muammolarni hal qilishga xalaqit berayotgani haqidagi «Global janub» deb ataladigan mamlakatlarning shubhalariga ham izoh berdi. 

«Bu savolning noto‘g‘ri qo‘yilgani. Biz ikkalasini ham qila olamiz va qilishimiz kerak. Biz ikkalasini ham qilamiz», deb ta’kidladi Entoni Blinken. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid