Oxirgi vaqtlarda özbek kinolari mavzusi turli katta-kiçik davralarda eng köp muhokama qilinayotgan masalalardan biri. Ayniqsa, sönggi vaqtlarda işlanayotgan özbek seriallarining saviyasi, uning asosan, maişiy muammolar atrofida öralaşib qolgani va ba’zi hollarda faxş tarğibotiga xizmat qilayotgani köpçilikning noroziligiga sabab bölmoqda.

Bir muddat avval Kun.uz muxbiri uşbu holat uni qançalik bezovta qilayotganini sörab Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga mikrofon tutgan edi. Vazir öz örnida şu kabi muhokamalardan kelib çiqib, endi seriallar uçun ham badiiy kengaşlarni qaytariş kerakligini aytgandi.

Xöş, çuqurroq tahlil qilinsa, badiiy kengaşlar film va seriallar saviyasini oşirişda qançalik samara beradi? Özi kinodagi bu saviyasizlik nimadan, qaçondan boşlandi va uni bu “botqoq”dan qanday çiqariş mumkin?

Kun.uz muxbiri mavzu borasidagi örganişini davom ettirib, kinoşunos – Şohida Eşonboboyeva, san’atşunos-jurnalist Iqbol Qöşşayeva va rejissyor Sarvar Karimovni intervyu stoli atrofida töpladi.

— Katta bir mavzuga kiryapmiz va şuning uçun keling, avvalo bir masalaga oydinlik kiritib, aniqlaştirib olsak. Insoniyat tarixida kino paydo bölarkan, uning örni qanday edi-yu, bugun dunyo jamiyatlari, tomoşabinlar oldidagi örni, missiyasi qanday?

Kino, seriallarga şunçaki vaqt ötkaziş vositasi deb qaraş kerakmi yo uning insonlar uçun boşqa xizmatlari ham bormi? Ya’ni kino bizga nega kerak özi?

Şohida Eşonboboyeva:

— 1895 yilda aka-uka Lyumerlar tomonidan dunyoga taqdim etilgan, asli poydevorini Edison qöygan. Asosan mablağ olib keluvçi tasviriy vosita deb qaralgan, lekin yillar ötib kino san’at sifatida katta ta’sir doirasini kengaytirdi. 40 yillargaça kino san’atmi yo sanoat, degan tortişuvlar bölgan bölsa, 40 yillardan keyin uning san’at ekani e’tirof etildi.

Ammo sobiq ittifoqda va uning tarkibidagi respublikalarda kino sohasida sotsialistik realizm degan yönaliş paydo bölgan. Kinoga davlatning aralaşuvi öşa davrdan şakllanib qolgan. Davlat pul ham ajratadi va nazorat qiliş, mafkurasini tarğib qilişga haqqi ham böladi. San’at darajasidagi kinolar ötgan asrda körilmaganiga sabab mafkura ustunltgi bölgan bölsa, ayni paytda esa ma’lum bir çeklovlar, rejissyorlarga tösiqlar borligi sabab bölyapti.