Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda ShHT kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Samarqand sammitidagi qarorlar asosida ShHTni modernizatsiya qilish hamda BMT bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etdi.
«Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Nyu-York shahrida Belarus, Eron, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Qozog‘iston va qirg‘izistonlik hamkasblarimiz bilan Shanhay hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Tashkilotning mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalarni hal etishda samarali xalqaro tuzilma sifatidagi yetakchi roli ta’kidlandi va davlat rahbarlarining Samarqand sammitidagi qarorlari asosida ShHTni modernizatsiya qilish hamda BMT bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
22:00 / 21.02.2026
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan suhbatlashdi
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
18:20 / 15.02.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdi
19:00 / 12.02.2026