OTB O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish prognozini yaxshiladi
OTB prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti yaqin ikki yilda har yili 5,5 foizga o‘sadi.

Foto: Kun.uz
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning joriy va kelasi yil uchun iqtisodiy o‘sishi prognozini yaxshiladi. Bu haqda bankning sentabr oyidagi sharhida ma’lum qilingan.
OTB prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti yaqin ikki yilda har yili 5,5 foizga o‘sadi. Aprel oyida bank 5 foizlik iqtisodiy o‘sishni prognoz qilgandi.
Prognozni yaxshilashning sabablari orasida Rossiyaga oziq-ovqat va to‘qimachilik mahsulotlari eksportining ko‘payishi hamda investitsiyalarning o‘sishi qayd etilgan.
O‘zbekiston iqtisodiyoti birinchi yarim yillikda 5,6 foizga o‘sdi va bu kutilganidan yuqori bo‘ldi. Bu fiskal rag‘batlantirish, mustahkam tashqi savdo, sanoatning o‘sishi hamda tog‘-kon sanoati va investitsiyalarning ko‘payishi bilan qo‘llab-quvvatlandi. Biroq, inflatsiya tufayli iste’mol sekinlashdi.
Shuningdek, OTB inflatsiyaning 10 foizdan pastga tushishini kutmayapti. Hisobotda qayd etilishicha, narxlarni liberallashtirish qisqa muddatda inflatsiya bosimining oshishiga yordam beradi.
Bundan tashqari, joriy yilning birinchi choragida pul o‘tkazmalari hajmi 2022 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga nisbatan 55 foizga kamaydi. Buning sabablaridan biri - Rossiyada ishlayotgan mavsumiy mehnat muhojirlari sonining qisqarishi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev uchun qurol: AQSh Kongressi vaziyatga oydinlik kiritishni so‘ramoqda
Jahon | 11:05
-
Chorvoq Darvozasi – istiqbolli ko‘chmas mulk sarmoyasi
O‘zbekiston | 11:00
-
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi
O‘zbekiston | 10:48
-
Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi
Jahon | 10:41
Mavzuga oid

09:34 / 28.06.2025
Putin G‘arb davlatlari iqtisodiyoti haqida: «Tez orada yo‘q bo‘lib ketadi»

16:24 / 26.06.2025
Eng badavlat 1 foiz odamning boyligi 33,9 trillion dollarga ko‘paydi

19:23 / 24.06.2025
2024 yilda global boylik 305 trillion dollarga yetdi

18:06 / 13.06.2025