Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand 2025 yilda Islom dunyosi madaniyat poytaxti maqomini oladi
Bu Qatarda o‘tkazilayotgan Islom dunyosi madaniyat vazirlari konferensiyasida tasdiqlandi.
Samarqand shahri 2025 yilda Islom dunyosi madaniyat poytaxti maqomini oladi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 25 sentabr kuni Qatarda XXII Islom dunyosi madaniyat vazirlarining «Islom olamida madaniy tadbirlarning yangilanishi tomon» mavzusidagi 12-konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Konferensiya kun tartibida dunyo madaniy siyosatining yetakchi tamoyillari va barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari, islom olamida insoniyatning barhayot boyliklari va an’anaviy bilimlarini qadrlash, madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishga oid qator masalalar muhokama etildi.
«Eng muhimi, konferensiya doirasida 2025 yil Samarqand Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi. Bu maqom bizga yana bir karra dunyoga madaniy merosimizni namoyon etish imkonini taqdim etadi», deb yozdi vazir.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Islom dunyosi madaniyat poytaxti maqomini Ozarboyjonning Shusha shahri olgan.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026