Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan yana bir shaxs ushlandi
U 16 000 dollar evaziga Turkiya va Meksika orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish uchun viza rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 7 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Samarqand viloyatida Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro J.T. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSh dollari evaziga Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026