Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina hududlari annekciya qilingan kun Rossiyada rasmiy sana sifatida nishonlanadi
Putin 30 sentabrni «Birlashish kuni» sifatida nishonlash haqidagi qonunni imzoladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan qonunga ko‘ra, Ukrainaning to‘rtta viloyati anneksiya qilingan kun endi rasmiy sana sifatida nishonlanadi. Tegishli hujjat Rossiya huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
Qonunga ko‘ra, 30 sentabr kuni «Donetsk xalq respublikasi» (DXR), «Lugansk xalq respublikasi» (LXR), Zaporojiye va Xerson viloyatlarining Rossiya bilan «Birlashish kuni» sifatida nishonlanadi.
Qonun loyihasining tushuntirish xatida aytilishicha, «Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qabul qilish ularning hududida yashovchi xalqlarning irodasiga asoslanadi. Bu millionlab odamlarning o‘z siyosiy maqomini erkin va tashqi ta’sirsiz belgilab olish bo‘yicha erkin huquqi ifodasidir».
Rossiya o‘zini o‘zi e’lon qilgan «DXR» va «LXR» mustaqilligini Ukrainaga bostirib kirishdan oldin, 2022 yil 21 fevralda tan olgandi.
2022 yil 27 sentabr kuni qisman bosib olingan Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarida Rossiya tashkillashtirgan «referendum»lar yakunlandi. 30 sentabr kuni Vladimir Putin ushbu viloyatlarni Rossiya tarkibiga qo‘shib olish haqidagi farmonni imzoladi.
Mavzuga oid
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026
Rossiya qo‘shinlari Izyumga hujum uyushtirdi
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
17:50 / 14.07.2026