Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada O‘zbekiston-Turkiya strategik rejalashtirish guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha yaqin va uzoq muddatli maqsadlar belgilab olindi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Turkiyaga ikki kunlik tashrifi yakunlandi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Hakan Fidan raisligida O‘zbekiston-Turkiya strategik rejalashtirish guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, yaqin va uzoq muddatli maqsadlar belgilab olindi. Vazirlar yuqori darajadagi bo‘lajak muloqotlar jadvali, munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalari, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirilishini muhokama qildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya va Turkiya TIV qoshidagi Diplomatiya akademiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston TIV rahbari Turkiya vitse-prezidenti Jyevdet Yilmaz tomonidan qabul qilindi, Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Numan Kurtulmush, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi prezidenti Serkan Kayalar, Anqara universiteti rektori Nejdet Unuvar bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston-Turkiya kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zaro savdo uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, to‘qimachilik sanoati sohasida hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, hududlararo sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish orqali iqtisodiy diplomatiyani faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ilm-fan va ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, samarali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
10:07 / 20.04.2026
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi
20:49 / 18.04.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
21:38 / 12.03.2026