Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Koreya bilan hamkorlikda issiqxona gazlarini kamaytirishga qaratilgan loyiha boshlandi
10 yil davomida amalga oshiriladigan loyiha doirasida zararli va chiqindi gazlari chiqindilari 10,74 ming tonna ekvivalentga kamaytirish rejalashtirilgan.
Seulda Koreya Respublikasi va hamkor davlatlar o‘rtasida issiqxona gazlarini kamaytirishga qaratilgan loyihalarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Koreya Respublikasi savdo vaziri O‘zbekiston va Vetnam hamkor davlatlar sifatida tanlanganini, ular bilan birgalikda pilot loyihalar amalga oshirilishini ta’kidladi. Vazir Janubiy Koreya kompaniyalarining ilg‘or texnologiyalarini joriy etgan holda ushbu loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.
Tadbirda, shuningdek, Koreya Iqlim o‘zgarishi instituti prezidenti Shin Yong Von ham ma’ruza qildi. U O‘zbekistonda g‘isht zavodida an’anaviy yoqilg‘idan bio-pelletlarga o‘tish orqali issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha 1,6 million dollarlik tajriba loyihasini taqdim etdi. U kompaniya qizilmiya chiqindilaridan asosida bio-pelletlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida ishtirokchilarga ma’lum qildi.
10 yil davomida amalga oshiriladigan loyiha doirasida zararli va chiqindi gazlari chiqindilari 10,74 ming tonna ekvivalentga kamaytirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
08:25 / 02.07.2026
714 tup kannabis yetishtirilgan issiqxona aniqlandi
10:43 / 14.05.2026