Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ish beruvchilardan migrantlarni uy-joy bilan ta’minlash talab qilinishi mumkin
Davlat Dumasi tez orada bu taklifni ko‘rib chiqadi.
Mehnat migrantlarini yollagan ish beruvchilar ularni uy-joy bilan ta’minlashi shart bo‘ladi. Bu haqda «Izvestiya» yozdi.
Davlat Dumasining Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi qo‘mitasi a’zolari quyi palataga yangi qonun loyihasini taqdim etadi. Unga ko‘ra migrantlarni yollagan kompaniyalar ularni mehnat shartnomasi muddati davomida uy-joy bilan ta’minlashi shart. Hujjat kuzgi sessiyada ko‘rib chiqiladi.
Gap maxsus yotoqxonalar, uylar yoki kvartiralarni ijaraga berish, yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish haqida ketmoqda.
Yangi qoidalarni buzganlik uchun ish beruvchilar yarim million rublgacha jarimaga tortilishi yoki kompaniya faoliyati 90 kungacha to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.
Agar migrant o‘zi kvartira yoki xonani ijaraga olib, u yerda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ish beruvchining turar joyidan foydalanishga majbur bo‘lmaydi.
Qonun loyihasi tartibsizliklar va mehnat migrantlari ishtirokidagi jinoyatlar sonining ko‘payishiga qarshi kurashga qaratilgan. Hujjat mualliflaridan biri Sergey Kolunov aytganidek, mehnat migrantlari ustidan nazoratni kuchaytirish zarur, ularning yashash joyi ma’lum bo‘lgani uchun ro‘yxatga olingan odamni topish oson.
Deputatlar, shuningdek, bu o‘nlab yoki yuzlab xorijliklar soxta ro‘yxatga olingan «rezina» kvartiralar muammosini hal qiladi, deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
18:17 / 20.04.2026