Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar mehnat ta’tili davomiyligi 36 ish kunidan iborat ekani belgilab qo‘yiladi
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan eski kodeksdagi norma «Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida»gi qonunga o‘tkazilmoqda.
«Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Senat a’zolari har bir ma’muriy-hududiy birlikdan 4 nafardan saylanishi, 9 nafari prezident tomonidan tayinlanishi (jami 65 nafar) belgilanmoqda.
Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasini tugatish taklif etilmoqda.
Senatning quyidagi vakolatlari bekor qilinib, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida belgilanmoqda:
- davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
- prezidentning taqdimiga binoan bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash;
- bosh vazir, hukumat a’zolarining hisobotlarini hamda Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini eshitish.
Deputat va doimiy ishlaydigan senatorlarning mehnat ta’tili davomiyligi 36 ish kunidan iborat ekanligi belgilanmoqda.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan eski kodeksdagi norma «Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida»gi qonunga o‘tkazilmoqda.
Quyidagilar konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda:
- Hisob palatasi raisi Senat ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlanishi, palataning prezident va Qonunchilik palatasiga hisobdorligi belgilanmoqda;
- bosh prokuror Senat tomonidan nomzodi ma’qullanganidan so‘ng prezident tomonidan lavozimga tayinlanishi, 2 muddatdan ortiq bir shaxs bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda;
- Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod Senat bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlardan keyin prezident tomonidan tayinlanishi kiritilmoqda.
Mavzuga oid
17:35 / 30.06.2026
Deputatlarga «Tashabbusli budjet» loyihalari bo‘yicha yangi imkoniyatlar berildi
18:30 / 05.05.2026
Farzand tug‘ilganda otaga ham ta’til berilishi mumkin
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
21:02 / 18.03.2026