Jamiyat | 14:02 / 30.09.2023
22779
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi yuzlab xonadonlar yoqimsiz hiddan aziyat chekmoqda

Yashnobodda odamlar is gazining zararli hididan aziyat chekayotganini ta’kidlashmoqda. «Hududgazta’minot»ga ko‘ra, bu gaz uskunalaridan sizib chiqayotgan gaz natijasida hosil bo‘lgan hid emas. Holatga hududdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi nosozlik sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.

Toshkent shahri Yashnobod tumani «Uysozlar» mavzesi (eski «Panelniy») aholisi 2-3 oydan beri tunda tarqaladigan yoqimsiz hiddan aziyat chekmoqda. Ayniqsa, so‘nggi 1 oy ichida vaziyat nihoyatda yomonlashgan. Tahririyatga yuborilgan murojaatda bu is gazining kuchli hidi ekani ta’kidlangan.  

«Hududgazta’minot» matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ushbu hududda joylashgan ko‘p qavatli uylarning gaz uskunalari, gaz quduqlari va xonadonlarning yerto‘la qismlari «Variotec» (gaz hidini aniqlovchi qurilma) orqali nazoratdan o‘tkazilgan. Ammo atrofda hech qanday gaz hidi mavjud emasligi aniqlangan, aksincha tarqalgan hid benzin va propan gazining qoldig‘i bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

«O‘zbekneftgaz» axborot xizmati bu borada kompaniya mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Mavzuga oid

E`lonlar