Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash instituti tashkil etildi
Transport sohasi kadrlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida har uch yilda kamida bir marta malaka oshiradi.

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Transport vazirligi huzurida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etildi.
Institut Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda O‘zining temiryo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temiryo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi negizida ta’lim muassasasi shaklida Transport vazirligi huzurida tashkil etildi.
Endilikda:
transport sohasi kadrlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida har uch yilda kamida bir marta malaka oshiradi;
elektromobillarni boshqaruvchi haydovchilarning malaka oshirish o‘quv kurslari dasturlari bo‘yicha mustaqil tayyorgarlik ko‘rgan va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslarga ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat beriladi;
davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan yakuniy imtihonlar Transport vazirligi tomonidan yaratilgan maxsus elektron platformada topshiriladi.
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Uning asosiy vazifalari quyidagilar:
kadrlarni, shu jumladan, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
transport sohasida innovatsion, fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda natijalarini amaliyotga joriy etish;
transport sohasida o‘quv-uslubiy metodik majmualar ishlab chiqilishini va joriy etilishini tashkil etish;
mutaxassislar uchun uzluksiz va kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil qilish, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona elektron platformani yaratish va joriy etish.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23
-
Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida o‘n minglab iste’molchilarni «svetsiz» qoldirdi
Jamiyat | 22:06
Mavzuga oid

14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi

11:29 / 28.04.2025
Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlandi

09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

11:43 / 10.04.2025